Bu qiziq. "Real"ga qarshi o'ynayotgan Moldovaning "SHerif" jamoasi asosiy tarkibida birorta ham moldovalik o'yinchi yo'q
29 sen 2021 00:28
Yangiliklar
Bu qiziq. "Real"ga qarshi o'ynayotgan Moldovaning "SHerif" jamoasi asosiy tarkibida birorta ham moldovalik o'yinchi yo'q
"Real Madrid" – "SHerif"
28 sentyabr, 23.59, "Santyago Bernabeu"
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Alaba, Militao, Migel Guterres, Kazemiro, Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar, Vinisius Junior.
"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos, Till, Addo, Traore, Kastaneda, Jasur Yaxshiboev.
Real Madrid Karim Benzema - 65' |
Champions League Grp. D . 2-tur 29/09/2021, 01:00 2
:
1
Tugadi
|
FC Sheriff Jasur Yakhshiboev - 25', Sebastien Thill - 90' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 24522 tomoshabin
Bosh hakam: Lawrence Visser
Qiziq jihati shundaki, mehmonlarning boshlang'ich tarkibida birorta ham mahalliy, yani moldovalik o'yinchi yo'q. Jamoa asosini Janubiy Amerika qitasidan bo'lgan futbolchilar tashkil qilgan. Ulardan ikki braziliyalik, ikki kolumbiyalik va bir perulik futbolchi "SHerif" tarkibida o'yinni dastlabki daqiqalardan boshlagan bo'lsa, Evropadan ikki greciyalik va bitta lyuksemburglik o'yinchi jamoa tarkibida maydonga tushdi. SHu bilan birga, Gana, Mali va O'zbekistondan bir futbolchi (Jasur Yaxshiboev) ham "SHerif" safida harakat qilmoqda.
Zaxirada esa, moldovalik 4 ta futbolchi bor. Bular – darvozabonlar Sergey Pashhenko, Dmitriy CHelyadnik, himoyachilar Maksim Kojokaru va Serafim Kojokar. Ular ham o'yin davomida maydonga tushishlari mumkin.
Malumot uchun, tarkibda legionerlarning bu qadar ko'pligiga, Moldova chempionatida xorijlik futbolchilarni tarkibga qo'shib olishdagi cheklovlarning yo'qligi sabab bo'lgan.
Fikrlar