Bu qiziq! "Andijon"ning PRO-Ligadagi asosiy raqibi o'yinini andijonlik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2018, 13:15
Bugun PRO-ligada ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. "Andijon" o'z maydonida g'alaba qozonadigan bo'lsa muddatidan avval Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Agar "Andijon" o'z uyida ochko yo'qotadigan bo'lsa va "Mashal" g'alaba qozona olmasa ham vodiyliklar Superligaga yo'l oladilar.

Qizig'i shundaki, "Andijon"ning asosiy raqibi bo'lgan "Mashal"ning bugun "Norin" bilan bo'lib o'tadigan o'yiniga andijonlik Temur To'xtasinov bosh hakam sifatida tayinlangan. Bugun "Mashal" mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa "Andijon" - "Istiqlol" uchrashuvining natijasidan qatiy nazar vodiyliklar Superligaga yo'l oladilar. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia