So’nggi yangiliklar

08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  0 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  10 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  5 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  10

Bu qanday tashkilotchilik? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Bu sharmandalikdan boshqa narsa emas - Andrey Kanchelskis PFLning tashkiliy ishlarini keskin tanqid qildi Yangiliklar

Bu qanday tashkilotchilik? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Bu sharmandalikdan boshqa narsa emas - Andrey Kanchelskis PFLning tashkiliy ishlarini keskin tanqid qildi

Coca Cola Superligasining 10-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi.




"Rostini aytganda tashkilotchilarni umuman tushunmadim. Markazlashtirilgan holda o'tkazish haqida videokonferenciyada barchamiz o'yinlarni 18:00dan keyin o'tkazishga kelishib olgandik. Negadir biz 17:00da o'ynadik. Nima uchun kimgadir mumkin, kimgadir mumkin emas. Menga aytingchi, "Paxtakor" 17:00da o'ynayaptimi? Agar bugun xudo ko'rsatmasin futbolchilardan birini boshini oftob urganda va o'zidan ketib qolganda nima bo'lardi? Futbolchining ota-onasining ko'ziga qanday qarardingiz? Qozonning "Rubin" klubida Bistrov shunday bo'lgandi...

Soat 5da o'ynadik, ustimizdan kulayapsizmi? Kelinglar unda 15:00da o'ynaylik. Bu futbol emasku. Yana maydonning holatini qarang. Bugun Superligada bitta o'yin va biz eng yomon maydonda o'ynadik. Nima uchun u holda markazlashgan holda o'ynayapmiz? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Markazlashgan tarzda o'tkazilayotgan ekan unda sharoit yaratib beringlar. Yoki suv yo'q, yoki boshqa narsa yo'q. Futbolchilarni ustidan kulish yaxshi emas.

Futbolchilarning sog'ligi haqida gapirayapmiz, lekin 40 daraja issiqda futbol o'ynatayapsizlar. Bunday futbol kimga kerak? Futbolchi xudo saqlasin erga yiqilib tushsa nima qilamiz, kim javob beradi?

Kelinglar maydonlarni yaxshilaylik deyapmiz, ammo amalda hech nima qilinmayapti. "Paxtakor" hech qachon 17:00da o'ynamayapti. Ular futbolchilari holati haqida qayg'urishadi? Men ham qayg'uraman.

Bugun futbolchilar maydonda yugurish emas, yurishga qiynalishdi. Futbol jozibasi haqida nimadir deyishga xayronman. Bu koshmar, bu aqlga sig'maydi. Biz markazlashtirilgan musobaqa o'tkazish uchun kelib qancha pul sarfladik. Yashash, ovqatlanish va boshqalar. Yana hech qanday sharoit yo'q. Qanday futbol o'ynash mumkin?

Birinchi golni toza urgandik, agar uni hisobga olishganida o'yin boshqacha bo'lardi. Yigitlarga mana shunday issiqda o'ynashgani uchun rahmat aytaman. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin taslim bo'lishmadi va hisobni tenglashtirdik. Barchaga sog'liq tilayman, ammo bunday tashkilotchilikni umuman kutmagandim.

Belenkov borasidagi savollar menga emas.

Men bunday maydonda 90-yillarda o'ynardim. Hozir esa 21-asr! Bu "ogorod"ni o'zi ", - deydi Andrey Kanchelskis.



Reyting: +117   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика