So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  28 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

"Bu mening mavsumdagi 53-o'yinim". "CHelsi"ning ota-bola muxlislari 5571 kmli sayoxatga otlanishdi Yangiliklar

"Bu mening mavsumdagi 53-o'yinim". "CHelsi"ning ota-bola muxlislari 5571 kmli sayoxatga otlanishdi

"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning Bokudagi Evropa ligasi finalga bormasligi haqidagi xabar ko'pchilikni hayratlantirgan bo'lsa ajab emas.

Bundan tashqari, "to'pchilar" rahbariyati "Emireyts" abonementlari sohiblariga bittadan qo'ng'iroq qilib, ularga Boku chiptasini sotishga uringani muxlislarning Evropa ligasi finaliga bo'lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo'lmoqda. Ammo "CHelsi"ning ikki ishqibozi final uchrashuvini stadionda ko'rish uchun 3462 milni (5571 km) samolyot, poezd va taksida bosib o'tishga urinishi finalini tomosha qilishga undaydi.

Futbol klublarining bazi ishqibozlari o'z jamoalarining o'yinini jonli ko'rish uchun har qanday mamlakatga borish tayyorligi hech kimga sir emas. "CHelsi"ning ota-bola muxlislari Kevin Kobb (59 yosh) va Jeyk Ralflar (27 yosh) "aristokratlar"ning muhim bahsini tomosha qilish uchun Bokuga yo'l olishdi. Bokuga to'g'ri uchish 1000 funtga yaqin bo'lgani tufayli bu ota-o'g'il 3462 milli marshrutni tanlashdi.

Bazi malumotlarga ko'ra, "Arsenal" va "CHelsi"ning minlab muxlislari Ozarbayjonga to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan reyslar ham 800 funtdan qimmatligi tufayli Londonda qolishga qaror qilishgan ekan.

SkyScanner.net sayti orqali Londondan Bokuga chipta qidirsangiz, 838 funtga chipta topishingiz mumkin. Bu mablag' evaziga seshanba kuni Bokuga Doha orqali uchasiz va payshanba kuni yana xuddi shu yo'nalishda uyga qaytasiz.

Ota-bola Kevin Kobb va Jeyk Ralf ajoyib sayoxatni amalga oshirishmoqda


Bokudagi final o'tkaziladigan stadion


Jeyk va Kevinning Londondan Bokugacha bo'lgan marshruti


Kevin va Jeyk seshanba kuni (21 may) Istanbul tomon uchgan so'nggi samolyotga chipta olishdi. Ota-bola chorshanba kuni Turkiya poytaxtining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, madaniy xordiq chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. Keyin esa samolyot orqali bir soatda Anqaraga etib olishdi.

Ular navbatdagi transportda 24 soatni o'tkazishadi. Ota-o'g'il Anqaradan Turkiyaning sharqida joylashgan Kars tomon yuradigan Dogu Express poezdiga chiqishadi. Ushbu poezd bir sutka ichida 814 mil masofani bosib o'tishi kerak.

"CHelsi"ning bu ikki ajoyib ishqibozi bor-yo'g'i 25 funt turadigan, uxlab ketish mumkin bo'lgan vagondan joy buyurtma qilishgan. Sug'urta kompaniyasi xodimi bo'lib ishlaydigan Jeyk har tong Bromlidagi ishxonasiga etib olish uchun 12-13 funt sarflar ekan.

"Instagram"ga nazar tashlaydigan bo'lsak, Anqaradan Kars tomon yo'lga chiqqan ko'plab insonlar bu sayoxatni suratga olishni juda yaxshi ko'rishadi.

Jeyk va Kevin Karsga etib kelishi bilan taksida Gruziya poytaxti Tblisiga yo'l oladi. CHunki ular dam olish kunini "CHelsi" muxlislari bilan birga Tbilisida o'tkazishmoqchi.

Seshanba kuni Londondan Turkiyaga uchgan muxlislar Istanbulning diqqatga sazovor joylarida bo'lishdi


Sayoxatning eng ajoyib qismi - Anqaradan Kars tomon yuradigan 24 soatlik poezdda bo'ladi


Payshanba kuni kechasi yo'lga chiqadigan Dogu Express 24 soat o'tib Karsda to'xtaydi


Dogu Express xodimi 25 funtlik chiptalarni ro'yxatdan o'tkazmoqda


Keyin ular tunda Gruziya poytaxtidan poezdda Boku tomon yo'l olishadi. Bu ishqibozlar dushanba tongida final bo'ladigan shaharga etib kelishadi va o'yingacha ikki kunni o'sha erda o'tkazishadi.

Ota-bolaga nega bunday yo'l tanlangani haqida savol berilganida, Jeyk quyidagicha javob berdi: "Bokuga uchish va qaytish juda qimmatga tushar ekan, buning ustiga "Arsenal" ishqibozlari finalga bormaydigan bo'lishdi.
Ammo biz baribir bu bahsga borishga qaror qildik va boshqa marshrutni tanladik. Otam bilan ushbu sayoxatimiz sarguzashtga aylanishini xohladik. O'tgan safar Bokuda borganimizda shaharni aylanish uchun bor-yo'g'i 6 soatgina vaqtimiz bor edi. Ko'p joylarni ko'ra olmadik va otam bilan maslahatlashib, bunaqasi umrimizda bir marta bo'lishini o'ylab qoldik.
Baxtimizga ishxonadan ruxsat tegdi, ammo mavsumning 40dan ortiq uchrashuviga kelgan ishqibozlar biz bilan sayoxatga bora olishmadi.

Poezd yo'lovchilari Anqara va Kars o'rtasidagi Erzurum bekatida kabob xarid qilishmoqda


Biz uchun eng alamlisi shuki, klub bilan Thomas Cook aviakompaniyasi orqali Bokuga uchish deyarli 1000 funt ekan. Buning ustiga ushbu narx ichiga o'yin chiptasi kiritilmagan. Biz shu oyda yillik abonementlarimizni uzaytirdik, shu sababli bunday narxga ko'na olmas edik.
"CHelsi" bizga yordam beradi deb o'ylagan edik.
"CHelsi" bizga pand berdimi? Ha, 100%. To'g'ri, ular muxlislarni olib ketishdan daromad olishadi, ammo bir vaqtning o'zida yangi abonement xarid qilish va Bokuga chipta biz uchun juda qimmatlik qiladi.
SHu sababli 1000 funt to'lagandan ko'ra, o'zimiz marshrut tanladik va ajoyib sayoxatga otlandik.

Qish oylarida Kars tomon yo'l olgan sharqiy ekspress


Jeyk va Kevin sayoxat davomida mana shu go'zal joylardan o'tishadi


Jeyk va Kevin 1000 funtlik samolyot o'rniga tumanda yuradigan poezdni tanlashdi



Biz mehmonxona, poezd va samolyotdan yaxshigina pul tejab qoldik. Otam va men bu sayoxat uchun taxminan 500 funtdan sarflaymiz. Bunday yo'l tutishimiz "CHelsi" uchun uyatli xol bo'lishi kerak.
Ushbu sayoxat haqida deyarli malumotga ega emasmiz. Bu noodatiy yo'lni tanlaganimizdan xursandmiz. Sayoxat - biz uchun ajoyib tajriba bo'ladi. Aytgancha, Turkiya orqali Bokuga yo'l olgan boshqa muxlislar borligiga ishonmayman.

"Dogu Express"dagi nonushta


Sevgan qizim Xollining fikricha, biz futbolga mukkasidan ketgan insonlar ekanmiz. Balki to'g'ridir, ammo finalni o'tkazib yuborish niyatim yo'q.
Bu mening mavsumdagi 53-uchrashuvim bo'ladi. Hozir 27 yoshdaman va shu kungacha 677ta o'yinda bo'lganman. Otamning uchrashuvlari menikidan ikki baravar ko'p bo'lsa kerak. Bu mening Angliya tashqarisidagi 30-mehmon uchrashuvim" - deydi Jeyk.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика