Bu mavsum Ronaldudan ko'proq gol urgan etti futbolchi
19 apr 2019 17:25
Yangiliklar
Bu mavsum Ronaldudan ko'proq gol urgan etti futbolchi
Bu yilgi uchrashuvlar intriga hamda kutilmagan burilishlarga boy bo'ldi. Ha demay, mavsum ham tugaydi. Bu yil nafaqat jamoalar, balki o'yinchilar ham ko'pchilikni hayratga solmoqda. Odatdagidek, elita futbolchilari sovrin uchun kurash olib bormoqda. Ular orasida yosh hamda faxriy o'yinchilar bor. Bazi narsalar biz kutgandek bo'lmayapti: masalan, Krishtianu Ronaldu yozda “Yuventus”ga o'tib, rekordini yangilashiga ko'pchilik ishonch bildirgan edi. U Evropada 4 marotaba eng yaxshi hujumchi deb etirof etilganidan xabaringiz bor. To'g'ri, u 26 o'yinda 19ta gol urishga muvaffaq bo'ldi, ammo avvalgi formasini biroz yo'qotdi desak, adashmaymiz.
Evropa ligasining etakchi jamoa o'yinchilari esa allaqachon undan o'zib ketishga ulgurdilar. Bazi futbolchilar ro'yxatimizdan o'rin olgani futbol kutilmagan voqealarga boy ekanidan dalolat beradi.
7. Duvan Sapata (“Atalanta”) – 20 gol
Sapata — “Atalanta”ning asosiy harakatlantirivchi kuchi desak, mubolag'a bo'lmaydi. 28 yoshli kolumbiyalik ushbu mavsum o'zini juda yaxshi namoyon etmoqda. SHu sababli, “Sampdoriya” o'yinchisini ijaradan qaytib olsa juda xursand bo'lishi aniq. U 30 o'yinda 20ta gol urdi va 5ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.
6. Luis Suares (“Barselona”) – 20 gol
Yuqori darajada bir marom bilan harakat qilish bobida Suaresga teng keladigan hujumchilar juda kam. Umuman olganda, bu mavsum hech narsa o'zgargani yo'q — urugvaylik hamon chiroyli gollari bilan muxlislarini xursand qilmoqda.
Start yuqori tempda bo'lmagan bo'lsa-da, Suares sheriklaridan o'zib ketdi va Primerada “Barsa” safida 20ta gol urishga erishdi. U tufayli katalonlar ligadagi yana bir g'alabalarini nishonlashga tayyor turishibdi. Urugvaylik nafaqat ko'p gol urmoqda, balki muhim bahslarda hal qilivchi rol o'ynamoqda.
5. Kshishtof Pentek (“Milan”) – 21 gol
O'tgan yili Pentek “Krakoviya”dan “Jenoa”ga o'tgandi. Endi esa A Seriyaning etakchi o'yinchisiga aylanib, muntazam ravishda o'zini ijobiy tomondan namoyon etmoqda. 23 yoshli futbolchi rekordlarni yangilab bormoqda. SHu sababli ham, “Milan” uni sotib olishga shoshgan edi. Jamoasining o'zgarishi unga hech qanday salbiy tasir ko'rsatgani yo'q: U “Milan”da 8ta gol urishga erishdi. O'tgan jamoasi hisobiga esa 13ta gol yozib qo'yishga ulgurgan edi.
4. Robert Levandovski (“Bavariya”) – 21 gol
Levandovski — dunyoning eng kuchli to'purarlaridan biri. 30 yoshli polyak nafaqat navbatdagi chempionlik titulini qo'lga kiritish, balki “Oltin butsa”ga ega chiqish uchun harakat qilmoqda. Eslatib o'tamiz, u 3 marta bu mukofotga sazovor bo'lgan. Tez orada uning hisobida 7 titul hamda 3ta “Oltin butsa” bo'lsa ajabmas.
3. Fabio Kvalyarella (“Sampdoriya”) – 22 gol
Fabio Kvalyarella 36 yosh bo'lishiga qaramay, gol urishdan to'xtayotgani yo'q. Bu mavsum u Italiya futbolining afsonaviy o'yinchisi maqomiga erishishga muvaffaq bo'ldi. Avvaliga 9 bahsda 2ta gol urdi. Ammo keyin qarshisidagi dovondan oshib o'tdi: ketma-ket 11 uchrashuvda qatorasiga gol urdi hamda afsonaviy Gabriel Batistuta urgan rekordga tenglashib oldi.
SHuningdek, uni 9 yil deganda yana terma safiga chaqirishdi. U o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi va Lixtenshteynga qarshi uchrashuvda penaltidan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hozircha uning hisobida 22ta gol bor va u shu erda to'xtab qolishni rejalashtiragani yo'q. U — A Seriyaning eng yaxshi to'purari.
2. Kilian Mbappe (“Pari Sen-Jermen”) – 27 gol
Mbappe hamon “yirtqichlarcha” futbol o'ynamoqda va dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lish uchun intilmoqda.
Francuz — futbol tarixidagi eng qimmat o'yinchilardan biri, “Golden Boy” laureati, JCH g'olibi, FIFPro XI tarkibi azosi hamda “Kopa” mukofoti sovrindori hisoblanadi. Liganing 27 bahsida ishtirok etgan o'yinchi uchun yuqorida sanab o'tilganlar 20 yoshli yigit uchun aqlbovar qilmas ko'rsatgich hisoblanadi.
1. Lionel Messi (“Barselona”) – 33 gol
Nazarimizda, hech kim xayron bo'lgani yo'q. Messi o'zining samaradorligi bilan hammani xayratga solishda davom etmoqda va deyarli har o'yin gol urishga erishmoqda. Besh karra “Oltin butsa” sohibi 6-sini ham qo'lga kiritish uchun tayyor turibdi.
31 yoshli argentinalik Primeraning 29 o'yinida 33ta gol urdi. SHuningdek, uning hisobida 12ta golli pas bor — yaxshi ko'rsatgich! SHu bilan birga, Messi nafaqat Ispaniyada, balki Evropada ham yaxshi o'yinchilardan sanaladi — CHempionlar Ligasining 8 o'yinida 10 marta (!) raqib darvozasini ishg'ol etdi. Aynan u "Barselona"ni uzoq kutilgan uchinchi treblga olib bora oladi.
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar