So’nggi yangiliklar

20:08Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Турғунбоев захирада қолдирилди  0 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" – "Андижон" (матнли трансляция)  0 19:56Суперлига. 7-турнинг илк учрашувида "Қўқон-1912" "Хоразм"дан устун келди  11 19:30"Сўғдиёна" — "Андижон". Таркиблар маълум  5 19:17Гвардиола Де Брюйненинг шартномасининг узайтирилмагани сабаб шокка тушгани ҳақида айтган сўзларига изоҳ беришдан бош тортди  0 18:58Про лига. "ФарДУ" — "Жайхун" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  3 18:55Суперлига. "Машъал" - "Сурхон" (матнли трансляция)  3 18:37"Истиқлол" — "Пайкон". Машарипов асосий таркибда  0 18:28АПЛ. "Челси" "Стэмфорд Бриж"да Жексоннинг голи туфайли "Эвертон"ни мағлуб этди  2 17:34"Байер", "Боруссия" ва "Бавария" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 15:51Факт. "Машъал" Термизда тарихий натижа қайд этиши мумкин, Қўқонга 25 йил олдинги тўқнашув қайтди  3 15:38Элит ОЧЛ. Бугун "Ал Аҳли" — "Бурирам Юнайтед" ва "Йокогама Маринос" — "Ал Насср" ўйинлари бўлиб ўтади  7 14:58Суперлига. 7-турни ўтказиб юборадиганлар  2 14:33Рафинья "Барселона" билан шартнома шартларидан норози. Бразилиялик футболчига "Ал Ҳилол" қизиқмоқда  7 14:03ФИФА "Реал" - "Барса" финали олдидан ҳакамлар нега матбуот анжуманида иштирок этганини тушунмаяпти  34

Bu mashinani to'xtating! Uning tugmasi qaerda o'zi!? Yangiliklar

Bu mashinani to'xtating! Uning tugmasi qaerda o'zi!?

Xabaringiz bor, Belarusning "Energetik-BGU" klubida bir necha o'zbekistonlik futbolchi to'p tepmoqda.

Bu mashinani to'xtating! Uning tugmasi qaerda o'zi!? Belarus chempionati 10-turidan keyin o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepadigan "Energetik-BGU" jamoasi haqida taxminan shunday gaplar aytilmoqda. Turnirning uchdan bir qismi o'tdi, o'tgan yili quyi divizionga tushib ketishi mumkin bo'lgan "talabalar" (oxirgi turda jon saqlab qolishgan) hamon BATEni taqib qilishda davom etishmoqda.

Ortda qolgan dam olish kunlari mavsumni ancha yaxshi o'tkazayotgan "Slaviya" klubi Anatoliy Yurevich jamoasi bosimiga dosh bermadi. Minskliklarga qarshi Mixail Martinovich shogirdlari burgutga emas (klub maskoti — burgut), jo'jaga o'xshab harakat qildi. Quvonarlisi, to'rtta o'zbek o'yinchisining har biri uchrashuvda faol bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

So'zni "Energetik-BGU" safida ilk bor maydonga tushgan Abbosbek Jumaqulovdan boshlaymiz. Hujumchi shu paytgacha 4 marta qaydnomaga kiritildi. U maydonga tushguncha, "Slaviya" bilan bahsdagi hisob 4:0 ko'rinishiga kelib ulgurdi. Roman Papariganing o'rniga Abbosbek maydonga tushdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, nigeriyalik Opamoye jarima maydonida Abbosbekni yiqitdi. Penaltidan tashqari, hamyurtimiz o'z hisobiga golli pas ham yozdirib qo'ydi. Qizig'i shundaki, hujumchi penalti tepish istagida ekanini bildirdi, ammo ko'proq o'ynagan Xusanov to'p yoniga keldi va imkoniyatdan unumli foydalandi.

SHuningdek, Jumaqulov 4ta uzatmani amalga oshirdi, 6 marotaba yakkakurashlarga kirdi hamda 1 marta dribling ishlatishga ham ulgurdi (muvaffaqiyatsiz). Umuman olganda, debyut yaxshi chiqdi.

* * *

SHoxruh Abdurahmonov InStat bo'yicha 251 ball to'pladi — uchrashuvdagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich. Yarim himoyachi jiddiy xatolarga yo'l qo'ymay, himoyada ham, hujumda ham foydali o'ynadi. Yorqin misol — gol bilan yakunlangan epizod. Abdurahmonov raqib jarima maydoni yaqinida to'pga ega chiqdi va qattiq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.

Futbolchi gol urishdan tashqari, raqib darvozasiga yana zarba berdi, ammo uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi, hal qiluvchi uzatmani berdi, 9 bor to'pni raqibdan olib qo'ydi, 11 marta to'pni jamoasiga qaytarib berdi hamda yakkakurashlarning 76 foizida ustun keldi. SHuningdek, 12 marta (qolgan barchadan katta ustunlik bilan) raqiblarini aldamchi harakatlar evaziga chalg'itishga urinib ko'rdi — samaradorlik 83 foiz. Bu 9ta urinish muvaffaqiyatli (!) chiqdi deganidir.

* * *

Navbatdagi uchrashuvni ham to'liq o'tkazgan Abduqodir Husanov shu kuni jamoasi yirik g'alaba qozonishini o'zi boshlab, o'zi yakunlab ham berdi. 12-daqiqada aynan uning ijrosidagi jarima zarbasidan keyin to'p kiperdan Aleksandr Svirepaga kelib tushdi, futbolchi bo'sh qolgan darvozani mo'ljalga olishda adashmasa bo'ldi edi. Amalga oshirilgan (o'ta ishonchli) penalti haqida esa yuqorida takidlab o'tdik. Bu Husanovning chempionatdagi ikkinchi goli. U ilk golini bir oy avval "Neman"ga qarshi bahsda urgandi. O'sha uchrashuv ham "talabalar" g'alabasi bilan tugagan (4:1).

Ammo Husanov — himoyachi va uning asosiy vazifasi ortda ishonchli o'yin ko'rsatish va u ketma-ket uch o'yindan beri buning uddasidan chiqmoqda. Buni "talabalar" 3 bahsdan beri "quruq" o'yin ko'rsatayotganidan ham sezish mumkin. Husanov "Slaviya" bilan o'yinda 17 marotaba to'pni ilib ketdi (hammadan ko'p) va 5 marta to'pni jamoasiga qaytarib berdi. SHuningdek, Abduqodir hisobida raqib darvozasi tomon berilgan to'rtta zarba bor. Faqatgina Papariga va Bobir Abdixoliqovda ko'proq — 5tadan zarba.

Bombardirimiz haqida esa alohida to'xtalib o'tish zarur. "Slaviya" darvozasiga urilgan to'p 10-o'yindagi 11-golga aylandi. Forvard belaruslik to'purarlarning elit-guruhiga kirdi. Ushbu guruhdagi futbolchilar ham 10-turdan keyin shunchadan gol urishga muvaffaq bo'lishgan. CHempionat tarixida bunday natijaga erishgan futbolchilar esa bor yo'g'i uchta bo'lgan. 2007 yil Gennadiy Bliznyuk xuddi shuncha gol urgan, 1995 yil – Sergey Yaromko. O'sha 1995 yilda Petr Kachuro esa 10 uchrashuvda 12ta gol urgan! Bu futbolchilarning hammasini turli yillarda Anatoliy Yurevich va uning jamoasiga aloqasi bo'lgan. Bliznyuk esa hozir "Energetik-BGU" klubida faoliyat olib boradi. Goldan tashqari Abdixoliqov hisobiga golli pas (Svirepaga) ham yozdirib qo'ydi. Uning besh zarbasidan to'rttasi darvozaga aniq etib bordi.

* * *

22 ochko jamg'argan "talabalar" keyingi turda 11-o'rindagi "Belshina"ga qarshi o'tkazadi. Bir ochkoga oldinda borayotgan BATE o'z maydonida "Isloch"ni qabul qiladi. Minskning "Dinamo"si esa – "Sluck" bilan kuch sinashadi. 11-tur o'yinlari xalqaro tanaffusdan keyin bo'lib o'tadi.


Turnir jadvali

To'purarlar ro'yxati



Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика