Bu dahshat! "Napoli"ning yangi futbolchisiga to'pponcha bilan hamla qilishdi
01 sen 2024 16:47
Yangiliklar
Bu dahshat! "Napoli"ning yangi futbolchisiga to'pponcha bilan hamla qilishdi
"Napoli"ning yangi futbolchisi David Neres Neapoldagi o'yinidan keyin to'nab ketildi.
Kecha Antonio Konte shogirdlari A Seriyaning 3-turi doirasida "Parma"ni 2:1 hisobida taslim qildi. Bahsda braziliyalik futbolchi assist va g'alaba golini qayd etdi. Ushbu uchrashuv oldidan Neres ham Skott Maktomini, Romelu Lukaku va Billi Gilmur kabi jamoaning yangi futbolchisi sifatida muxlislarga tanishtirilgandi.
O'yindan keyin futbolchi rafiqasi va farzandi bilan mehmonxonaga qaytayotganida motocikl mingan ikki yigit uning avtomobilini to'xtatdi, oynasini sindirib, Neresga to'pponcha tiragan va undan "Rolex" soatlarini echib olgan.
Ushbu holatdan keyin futbolchi mehmonxonaga tezroq etib borgan va muxlislar bilan uchrashuvga chiqmagan. SHundan keyin uning rafiqasi Kira bo'lgan holatni malum qilib, muxlislardan uzr so'ragan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar