So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Bronzashunos murabbiy yoxud o'z fikriga o'zi qarshi... Yangiliklar

Bronzashunos murabbiy yoxud o'z fikriga o'zi qarshi...

Qarshining "Nasaf" jamoasi ushbu mavsumda odatdagidek bronza medallarini qo'lga kiritdi.


"Nasaf"ning tarixdagi 10-bronzasi, Ro'ziqul Berdiev boshchiligida qo'lga kiritilgan ketma-ket to'rtinchi bronza medallari. Meni bir narsa eiiborimni tortmoqda, "Nasaf" har doim grand, kuchli jamoalarimiz qatorida etirof etiladi. Ammo jamoa har yili mavsum yakunlariga kelganda o'z joyiga, yani 3-pog'onaga tushib qoladi.

"Nasaf"dek jamoa uchun bu barqarorlikdan ham ko'ra, ko'proq yangi darajaga chiqa olmaslikka o'xshab qolmoqda. CHunki "Nasaf" 3-o'rindan ko'tarilmayapti, balki har safar chempionlik yoki kumush medallariga ega chiqish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgan pallalarda ham 3-o'ringa tushib ketmoqda. O'zbekistonda "Nasaf" klubida bor va mavjud imkoniyatlar boshqa hech kimda yo'q. Klub o'zining zamonaviy qarorgohiga ega. Futbol maktabi ishlab turibdi. "Nasaf" yoshlari uchun alohida maydon, alohida qarorgoh qurib berilgan. Qarshida ajoyib imkoniyatlarga ega stadion barpo qilingan. Murabbiy va futbolchilar ishlashi, shug'ullanishi uchun "Nasaf"da bor imkoniyatlarga istalgan klub va murabbiylar bemalol havas qilishadi. O'z vaqtida "Nasaf"da menejer sifatida ishlagan Bahrom Davlatov klub poydevorini yaratilishida juda yaxshi ishlarni amalga oshirgan. SHu ishlar natijasida "Nasaf" klub sifatida haqiqiy professionallikka qadam qo'ygandi.

"Nasaf" moliyaviy jihatdan yaxshi sharoitlarga ega. Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ni har doim 3-pog'onada ushlab turibdi. Dastlabki mavsum, yani 2013 yili Berdiev murabbiy sifatida"Nasaf"ga ilk bronza medallarini olib bergandi va O'zbekiston Kubogi finaliga qadar etaklay olgandi. 2014 yili ham "Nasaf" sovrindorlar orasida oxirgi bo'lgandi. O'yin taraflama ham "Nasaf" dastlabki ikki mavsumni ancha yaxshi o'tkazgandi. O'sha yillari Berdiev "Nasaf"ni hujumkor jamoaga aylantira olgandi. Ammo oxirgi ikki mavsumda "Nasaf"da o'yin tashkil etish borasida pasayishlar ko'zga tashlandi. Lekin shunga qaramay Berdiev qo'l ostida "Nasaf"ning eng muvaffaqiyatli mavsumi o'tgan yili bo'lgandi. O'shanda jamoa o'z tarixida ilk marotaba O'zbekiston kubogida zafar quchgandi. Anatoliy Demyanenkoning jamoasidan qolgan jamoaning asosiy futbolchisi Artur Gevorkyan jamoaning o'yini chiqmaydigan pallalarda ham o'zining individual harakatlari evaziga o'yin taqdirini hal etib ketgan. Bunga misollar juda ko'p. Masalan O'zbekiston kubogi finalida Artur Gevorkyaning jarima zarbasidan urgan goli va jamoadoshi Azamovning goliga hammualliflik qilgani. O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritishda Artur Gevorkyanning yagona goli hal qiluvchi rolni bajargandi. OCHLdagi g'alabalarga ham Gevorkyanning gollari va harakatlari tufayli erishilgandi. Jamoaning o'yini chiqmaydigan bir pallada ham Gevorkyanning mahorati jamoani qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta olgan.


Ro'ziqul Berdievning o'sha kungi fikri odamni ajablantirdi. Yani final oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida kamina, yani men tomonimdan berilgan: "Avvallari jamoaning o'yini Artur Gevorkyanga bog'lanib qolgandi. Endi esa Dragan CHeran jamoaning asosiy figurasiga aylanib ulgurdi. Agarda "Lokomotiv" ertaga CHeranni zararsizlantira olsa, unda o'ylab qo'ygan ikkinchi rejangiz bormi?", - degan savolimga Berdiev quyidagicha javob berdi: "Nasaf" jamoasining o'yinlari hech qachon bir o'yinchiga bog'lanib qolmagan. "Nasaf" avvallari Gevorkyanga, hozir esa CHeranga ham bog'lanib qolmagan", - deb javob qaytardi. Vaholanki "Nasaf"da oxirgi 6 yillikda Artur Gevorkyan qanday ahamiyat kasb etganini barcha yaxshi biladi. SHuningdek, bundan ikki yil ilgari Berdiev o'z intervyusida jamoaning o'yinini asosan Gevorkyanga bog'liqligini takidlab o'tgandi. Endi esa fikrizga qo'shilmadim, jamoa hech qachon hech kimga bog'lanib qolmagan, dedi. O'sha murabbiy, jamoa o'zgardi, o'yini o'zgardi, fikr ham o'zgardi. O'z fikriga o'zi qarshi fikr bildirdi.

Endi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, kecha "Lokomotiv" tezkor gol urdi va "Nasaf"ning o'ylab qo'ygan rejalarini buzib qo'ydi ham deylik. Lekin Berdievga o'sha men aytgan zaxira, yani ikkinchi rejaga o'tishga nima to'sqinlik qildi? Butun bir o'yin oldinda edi. Ammo "Nasaf" gol urish tugul, raqib darvozasi oldida aytarli vaziyat ham yarata olmadi. Finalda Mamur Ikromov darvozasi tomon tepilgan xavfli zarbani ko'rmadik. Ikki marta Ikromovning o'zi "Nasaf" futbolchilari tayyor vaziyat, imkoniyatni sovg'a qilmaganini hisobga olmaganda. O'sha vaziyatda ham jamoa futbolchilari dovdirab qolishdi va oddiy vaziyatda to'pni jamoadoshiga uzatishda sustkashlikka yo'l qo'yishdi. Bu ruhiy taraflama tayyorgarlik bilan bog'liq bo'lgan jihat.

Finaldan oldin Berdiev aytgan rejani ko'rmadik. Ikkinchi reja haqida gap bo'lishi mumkin emas. O'sha reja aslida bor-yo'qligidan ham bexabarmiz. SHunisi aniqki, biz "Nasaf" ijrosida hech qanday mazmunli o'yin yoki raqib tomonga uyushtirilgan xavf ko'rmadik.

Men "Nasaf"ning OCHL doirasidagi "Al Jayish"ga qarshi o'yinidan keyin "Janob Berdiev, nahotki uyalmaymiz?" degan maqola yozgandim. O'sha maqolani yozishimga va sarlavhani shunday qo'yishimga, Berdievning guruhda qolib ketsak ham bundan uyalmaymiz, degan mazmundagi gapi sabab bo'lgandi. SHundan keyin Berdiev bu maqolani yozgan odamni menga nisbatan shaxsiy g'arazligi bor, degandek gap qilgandi. Berdiev o'shanda "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida o'sha maqolada O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganimizni yozmagan, faqat tanqidiy ruhda yozilganidan shikoyat qilgandi. Maqtashga loyiq ishni amalga oshirgan paytda maqtalgan murabbiy tanqidni o'z o'rnida qabul qilish o'rniga buni shaxsiy g'arazga yuygandi. Meni Berdievga qanday shaxsiy g'arazim bo'lishi mumkin? SHunchaki kulguli holatku bu!

Professional murabbiy tanqidni to'g'ri qabul qilishi lozim. Yoki hech bo'lmaganida tanqid o'rinsiz, yoqmadi, desa ham mayli edi. Lekin bunga shaxsiy munosabatlar yoki g'arazni aralashtirish bemanilik. Ro'ziqul Berdiev bilan o'rtamizda hech qanday bahsli holat yoki boshqa biror narsa bo'lmagan. Jamoa OCHLda ko'ngildagidek ishtirok etolmayotgan va bosh murabbiy guruhda qolib ketsak ham bundan uyalmaymiz, deganidan so'ng buni maqtash kerakmi? Qachongacha?

Kecha finaldan keyin Baxtiyor SHirinov Ro'ziqul Berdievga shunday savol berdi: "Yoshlarga imkoniyat beryapman deyapsiz. Lekin "Nasaf" oxirgi yillarda faqat bronza medali O'zbekiston kubogi finali atrofidagi natijalar bilan cheklanib qolmoqda. Jamoani oldiga yuqori vazifalar qo'yish uchun nima etishmayapti", degan savoliga Berdiev quyidagicha javob berdi: "Jiddiyroq maqsadni qo'yish uchun avvalo biz "Lokomotiv" jamoasidek 15-20 yaqin kuchliroq futbolchilarga ega bo'lishimiz kerak. To'g'risi, oldin ham bu savollar bo'lgan. Biz kattaroq futbolchilarni olishga imkoniyatimiz yo'q. Bu savollarni oldin ham ko'p berishgan. 3 yildan buyon shu savolga javob berib kelyapman. Men boshqa bu savolni qaytarilmasligini istardim. Biz o'z imkoniyatimizdan kelib chiqib futbolchilarni olyapmiz. Yana qaytaraman, katta futbochilarni olishga imkoniyatimiz YO'Q! Hozirgi ko'rsatilayotgan natijalar yomon natija emas. Biz har yili chempionatda barqaror o'yin ko'rsatyapmiz. Yoshlarga ko'proq etibor qaratmoqdamiz. Bu albatta kelajakda o'z mevasini beradi. Klubning o'z siyosat yo'li bor va menimcha bundan qaytmasa kerak".

Janob Berdiev, siz o'yindan oldingi matbuot anjumanida meni savollarimga javob qaytarayotgan, Jamoa hech bir futbolchiga bog'lanib qolmaganini, "Nasaf"da 20 yaqin KUCHLI futbolchilar borligi va ularning barchasidan xavf kutish mumkinligini aytib o'tdingiz. SHuningdek, "Nasaf" istalgan raqib bilan o'ynay olishini alohida takidlab o'tgandingiz. O'yindan keyin esa "Loko"ga o'xshab 15-20 nafar KUCHLI futbolchilarga ega emasmiz deyapsiz!

O'yindan oldingi gap bilan keyingi gap qarama-qarshi. Fikrlar esa Ro'ziqul Berdievniki. "Nasaf" klubi ko'rsatilayotgan natijalardan ko'ngli to'q ekan. Demak hammasi joyida. Har safar uchinchi o'rinni olish bu barqarorlik, Berdievning fikricha.


CHempionatimizda bronza medallariga kurashadigan jamoalar soni ko'p bo'lsa, raqobat haqiqat ham kuchli bo'lganida, bu o'rinni muntazam egallab yurishni baqarorlik, degan bo'lardim. 2013 yili "Paxtakor"da avlodlar almashuvi, 2014 va 2015 yillari "Bunyodkor" Lushan boshchiligida o'z tarixidagi eng yomon natijalarni qayd etgandi. Bu yili esa yana amaldagi chempion etakchilarimiz turnir jadvalida pasaydi. O'rtada esa barqaror moliyaviy imkoniyatlarga ega "Nasaf" bronza medallariga egalik qildi. Endi etibor beramiz, o'tgan yili "Paxtakor" qarzdorlik bilan chempionlikka erishgandi. Futbolchilar dekabr oyigacha maoshsiz o'ynashdi. O'sha "Paxtakor" 2012 yili Murod Ismoilov qo'l ostida chempionlikka erishgandi. Garchi o'shanda "Paxtakor" tarkibi sezilarli darajada yosh bo'lgan bo'lsada. 2014 yili ham "Paxtakor" yoshlarga etiborni susaytirib qo'ymadi va baribir chempionlikka erisha oldi. Gap faqat yoshlarga etibor berishda emas ekanligiga bu faktlar misol bo'la oladi. "Paxtakor" moliyaviy taraflama "Nasaf"dan ancha past imkoniyatlarga ega. Demak chempionlikni qo'lga kiritish uchun tajribali, katta nomlarga ega bo'lish bahona bo'la olmaydi. Yoshlardan ham tajribali, mahoratli futbolchilarni chiqarsa bo'ladi. Hamma gap murabbiyda. "Nasaf" turnir jadvalida kimlardan tepada bo'lmoqda? "Olmaliq", "Navbahor", "Metallurg", "Neftchi", "Buxoro", "Qizilqum", "Obod", "SHo'rtan", "Mashal" kabi jamoalar. Navbati bilan inqiroz davrini o'tkazgan "Bunyodkor" va "Paxtakor" yana. "Bunyodkor" va "Paxtakor" bu oraliqda chempion bo'lishga ham ulgurganiga alohida etibor bermoq lozim.

Berdiev har gapida yoshlarga imkoniyat berayotganini takidlashdan charchamayapti. 2013 yildan buyon bu yoshlar hech yuqori darajadaga chiqa olishmayapti. Yuqori darajaga chiqa olishganida, allaqachon bronza medalini hech bo'lmaganida kumush yoki oltinga bir marta bo'lsa ham almashtira olishardi. Bu uddalasa bo'ladigan ish. Muhimi, murabbiy futbolchilarga kerakli yo'nalishlarni ko'rsata olishi lozim.

Klub rahbariyati Berdiev qayd etayotgan natijalarni qoniqayotgan bo'lishi mumkin. Lekin to'g'risini aytish lozim, "Nasaf"dan chempionatimizda yaxshi raqobat, chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa yaratsa bo'ladi. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ammo Berdiev aytganidek klubning o'z siyosati bor bo'lsa va ularni barchasi qanoatlantirayotgan bo'lsa, undu Oliy ligada chempionlik uchun kurashadigan boshqa bir jamoa chiqishini kutamiz. "Nasaf" oxirgi marotaba Demyanenko davrida chinakamiga chempionlik uchun kurashgan va yakunda o'z tarixida hozircha eng yaxshi bo'lib turgan natijani qayd etgan.

Kelasi mavsum "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Paxtakor" chempionlik uchun kurashishiga ishonchim komil. Bu jamoalarda g'oliblik ruhi kuchli. Ularning maqsad va vazifalari doimo oliy bo'ladi. SHu bois ular navbati bilan ko'zlangan maqsadlariga erishishgan va erishib kelishmoqda. Umid qilamanki, yangi mavsumda "Buxoro", "Qizilqum" va boshqa jamoalar sovrinli o'rinlar uchun jiddiy kurash olib borishadi. Raqobat suniy tarzda emas, chinakamiga kuchaysa bu o'zbek futbolining yutug'i.

"Nasaf" katta ehtimol bilan Berdievni almashtirmaydi va jamoa kelasi mavsumda "Bunyodkor", "Lokomotiv" yoki "Paxtakor" bilan chempionlik poygasida qatnashmaydi, ularga raqobatchilik qilmaydi. Buyog'iga endi "Nasaf"ga raqobatchilar paydo bo'ladi. "Buxoro", "Qizilqum", "Neftchi" kabi jamoalar katta ehtimol bilan sovrinli o'rin, aniqrog'i bronza medali uchun "Nasaf"ga qarshilik qilishga urinib ko'rishsa kerak.

"Nasaf" ushbu mavsumda top uchlikdagi "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga qarshi o'zaro o'yinlarda birorta ham g'alabaga erishgani yo'q. Beshta o'yindan to'rttasida mag'lubiyat va bitta durang. O'tgan yili "Loko" ikki marotaba, "Bunyodkor" esa so'nggi ikki yilda chempionatda "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchrata olmayotgan edi. Ajdarlar" yildan-yilga natijalarini pasaytirib yuborishmoqda. Bu bazilarga shunchaki sezilmayapti yoki o'zlarini sezmayotgandek tutishmoqda.

Yoshlarga imkoniyat berish yaxshi. Ammo bu maqtanarli natija hisoblanmaydi. Yoshlar bilan ham yaxshi natijalarga erishsa va ularni yuqori saviyaga chiqara olishsa, mana bundan maqtansa va faxrlansa arziydi.

Ro'ziqul Berdiev futbolchilik va murabbiy faoliyati davomida hozircha to'rttadan bronza medallarini qo'lga kiritgan. Bu nimadan dalolat beradi?

"Nasaf"da jangovorlik, g'alaba uchun kurashishda sportchilarga xos bo'lgan jahl etishmaydi.

Berdievning murabbiy sifatida ham eng yuqori "potoloki" balki bronza medalimi?

Futbolchilarni kerakli paytda ruhlantira olish, o'yin davomida ularga kerakli ehtiroslar va hissiyotlarni bera olish ham murabbiyga kerak bo'lgan hislatlardan biri. Top jamoalarda bo'ladigan asosiy narsa bu, ruscha aytganda "chempionskiy dux" deydi. "Nasaf"ga mana shu jihatlar etishmayapti. Futbolchilarni esa shu yo'nalishda shug'ullantirish, ularni miyasiga ushbu narsalarni singdirish murabbiyning ishi.

Taksichilar tili bilan aytganda, "Nasaf" o'z "pitagi"da mustahkam joylashib olgan. Bu rostan ham barqarorlikmi yoki...?

Bu endi kim futbolga qanday yondoshuv va qaysi ko'z bilan qarashiga bog'liq...


SHahboz Beg'amov

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика