Brendan Rojers APLga qaytishi mumkin
13 okt 2018 17:19
Yangiliklar
Brendan Rojers APLga qaytishi mumkin
"Seltik" bosh murabbiyi Brendan Rojers Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan klubni boshqarishi mumkin.
Gap "Nyukasl Yunayted" haqida ketmoqda.
Malumotlarga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati jamoaning APL startidagi natijalaridan mamnun emas va ular "Nyukasl" ustozi Rafael Benites o'rniga murabbiy topishni buyurishdi. Bu joy uchun asosiy nomzod sifatida Rojers ko'rib chiqilmoqda. Oldinroq, 45 yoshli mutaxassis "Aston Villa"ga rad javobini bergan edi.
Rojers 2016 yildan beri "Seltik"ni boshqarmoqda. Mutaxassis 2012-2015 yillarda "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Fikrlar