Breaking News: Sergey Lushan iste'foga chiqarildi!

Narzulla Saydullayev
23 sen 2015, 10:54
Bizga yetib kelgan xabarlarga ko'ra, "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan o'z vazifasidan ozod etilgan.

"Bunyodkor" oliy ligadagi 9 mavsumida ilk bor "Neftchi"ga qarshi ikki o'yinda imkoniyatni boy berdi. Birinchi davrada o'z maydonida 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan "qaldirg'ochlar" kuni kecha Farg'onada 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdilar. Aftidan, bu klub rahbariyatini etiroziga sabab bo'lgan.

Ertaga jamoa "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib boradi. Bu o'yinda "Bunyodkor"ga kim ustozlik qilishini tez orada bilib olamiz.

Ayni paytda eng maqul nomzod - Mirjalol Qosimov. U avval ham "Bunyodkor" tizimida ko'p yillar faoliyat yuritgan va klubdagi holatni boshqalardan yaxshiroq tushunadi.

Bu oliy ligada Aleksandr Mochinov ("Buxoro"), Edger Gess ("Andijon") va Murod Ismoilovdan ("Neftchi") keyin to'rtinchi iste'fo bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia