Braziliyada futbolchi stadionga urgan chaqmoqdan keyin hushidan kyetib qoldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 22:16
Braziliyaning "Agua Santa" klubining yoshlar tarkibi futbolchisi Enrike stadionga chaqmoq urishi natijasida hushidan kyetib qoldi.

Voqea San Paulo Kubogi doirasida "Atletiko Mineyro" va "Agua Santa" klublari ishtirokidagi o'yinda bo'ladi.

Bahsning 47-daqiqasida stadionga chaqmoq uradi va Enrike o'zini yomon his qiladi. Shundan keyin u zaxira o'rindig'iga jo'naydi va hushidan kyetib qoladi. U bunday holatni oldin ko'rmagani uchun shunday holatga kelganini aytib o'tdi.

"Barchasi yaxshi. O'zimni yaxshi his qilyapman. Endi bunday holatni ko'rmaslikka harakat qilaman. Dahshat", dedi futbolchi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globoesporte