Braziliya va Ispaniya irqchilikka qarshi kurash maqsadida o'rtoqlik o'yin o'tkazadi Yangiliklar

Braziliya va Ispaniya irqchilikka qarshi kurash maqsadida o'rtoqlik o'yin o'tkazadi

Vinisius bilan sodir bo'lgan voqeadan so'ng Braziliya va Ispaniya irqchilikka qarshi kurashda kuchlarini birlashtirishdi.

Malumotlarga ko'ra, bu terma jamoalar 2024 yilning may oyida diskriminaciyaga qarshi kurash maqsadida o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.

Ispaniya va Braziliya futbol federaciyalari prezidentlari qo'shma bayonotda "avvaldan yaxshi bo'lgan munosabatlarni mustahkamlash"ga umid bildirishdi.

Braziliyaning irqiy tenglik ishlari bo'yicha vaziri Aniel Frankoning malum qilishicha, ikki mamlakat rahbarlari "Real" vingeri Vinisius Junior "Valensiya" muxlisining haqoratlari qurboni bo'lishidan avval memorandum imzolagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика