Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi dunyoning eng yaxshi uch o'yinchisini aytdi
03 mar 2021 11:28
Yangiliklar


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi dunyoning eng yaxshi uch o'yinchisini aytdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite o'zi eng kuchli deb hisoblaydigan o'yinchilarni sanab o'tdi.
"Men o'tgan yilning so'nggida ovoz bergan uch o'yinchini aytaman. Birinchi o'rinda - Neymar, ikkinchi o'rinda - Levandovski, uchinchi o'rinda esa de Bryuyne. Jarohatga qadar Neymar fantastik formada edi. Levandovski - aqlbovar qilmas hujumchi. De Bryuyne esa boshqalar qila olmaydigan ishlarni qila oladi.
Uning improvizaciyasi, o'ziga bo'lgan ishonchi... Menga uning o'yinini tomosha qilish yoqadi", - deydi Tite.
Eslatib o'tamiz, 2020 yil yakuniga ko'ra "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski eng yaxshi o'yinchi deb topilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar