BRAZILIYA - MEKSIKA 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA
18 iyu 2014 01:54
Yangiliklar
BRAZILIYA - MEKSIKA 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 doirasidagi Braziliya va Meksika o'rtasidagi bahsning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.
"A" guruhi
Braziliya - Meksika 0:0 LIVE
18 iyun. 00:00
Bosh hakam: Junayt CHaqir (Turkiya)
Yordamchi hakamlar: Bahattin Duran (Turkiya), Tariq Ongun (Turkiya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya)
Braziliya: 1.Julio Sezar, 2.Dani Alvesh, 3.Tiago Silva, 4.David Luiz, 6.Marselo, 8.Paulino, 9.Fred (21.Jo, 68), 10.Neymar, 11.Oskar (19.Villian, 84), 16.Ramires (20.Bernard, 46), 17.Luis Gustavo.
Meksika: 13.Gilermo Ochoa, 2.Francisko Rodrigez, 4.Rafael Markes, 6.Ektor Errera (8.Marko Fabian, 77), 7.Migel Layun, 10.Jovanni Dos Santos (9.Raul Ximenes, 84), 15.Ektor Moreno, 18.Andres Guardado, 19.Oribe Peralta (14.Xaver Ernandes, 74), 22.Paul Agilar, 23.Xose Vaskez.
Ogohlantirishlar: Ramires 45, Tiago Silva 79 - Paul Agilar 59, Xose Vaskes 61.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Sizlar bilan ketma-ket ikkinchi o'yinni Narzulla Saydullaev kuzatib bordi. Navbatdagi matnli translyaciyalarni o'tkazib yubormang. Soat 3da Rossiya va Janubiy Koreya o'ynaydi.
90+3. Uchrashuv yakunlandi. Braziliya va Meksika bir ochkodan bo'lib olishdi. Ochoa Meksikaga durang olib berdi.
90+1. ZARBAAAAAAAAA! Ximenesning zarbasidan so'ng Julio Sezar to'pni qaytardi!
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi
89. GUARDADO!!! DADO! CHap oyog'ida darvozaga yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi!
88. Marselo raqib jarima maydoni ichida yiqildi, CHaqir yiqilsa penalti qo'yadigan hakam emas.
87. Gilerme Ochoa Franciyaning "Ayachcho" klubida faoliyat olib bormoqda. 1985 yilda tug'ilgan. Ertaga ushbu darvozabonga boshqa top klublar qiziqayotgani haqida xabarlar chiqishi aniq
85. OCHOAAAAAAAAAAAA! TASANOOOOOOOO! Tiago Silvaning 2 metrdan boshi bilan yo'llagan zarbasini Ochoa qaytarib yubordi! Butun stadion dod dedi!
84. O'zgarish. Braziliya. Oskar o'rniga Villian tushdi
84. O'zgarish. Meksika. Jovanni Dos Santos o'rniga Raul Ximenes tushdi
83. Meksika bugun kamida durangga loyiq o'ynadi, Ochoa o'yin qahramoni bo'ldi.
81. Qarshi hujum! Neymarning pasidan so'ng Jo to'pga ulugurmadi, Ochoa o'z o'rnida.
80. Meksika jarima to'pini amalga oshiradi, Dos Santosning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
79. Ogohlantirish. Braziliya. Tiago Silva, CHicharitoni oyog'iga nagli tashlangani uchun
78. Xaver Ernandes raqib himoyachilari qurshovida turib noaniq zarba berdi
77. O'zgarish. Meksika. Ektor Errera o'rniga Marko Fabian tushdi
76. Bernardning nafis pasidan so'ng Jo no'noq zarba berdi
75. CHicharito raqib jarima maydoni ichida David Luizga yakka kurashda yutqazdi
74. O'zgarish. Meksika. Oribe Peralta o'rniga Xaver Ernandes tushdi
72. Braziliya har tomondan hujum qilmoqda, Meksika himoyachilari to'pni qaytarib tashlashmoqda!
69. UXXXXXXXXXXX! Neymar yaqin masofadan zarba berdi, to'pni yana o'sha Ochoa qaytardi! Mardonavor tarzda o'ynamoqda posbon!
68. O'zgarish. Braziliya. Fred o'rniga Jo tushdi
63. Boya Meksika hujum qilib yotgandi, endi Braziliya hujumlar ketidan hujum qilmoqda
62. Neymarning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi, xavfli chiqdi zarba
62. Neymar yoki Dani Alves jarima to'pini amalga oshiradi.
61. Ogohlantirish. Meksika. Vaskez
60. Braziliya Jahon kubogini shu erda olib qoladi deganlar bormidi? Bunday bo'ladiganga sira o'xshamayapti
59. Ogohlantirish. Meksika. Aguilar
57. Meksika tashabbusni to'la o'z qo'liga oldi. Ustunlik aynan acteklarda! Navbatdagi zarbani Errera yo'lladi. Biroz noaniq. Malades Meksika, faqat gol kerak
56. Tinib tinchimas Dos Santos darvozaga zarba berdi, Tiago Silvaning oyog'iga tegib darvozaga ketayotgan to'pni Julio Sezar qaytardi
54. Yana uzoq masofadan kuchli zarba, Vaskezning bu safargi zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi, Julio Sezarning sakrashi ham chiroyli bo'ldi
52. Muxlis fikri: "Eldarado_13": Freddan ko'ra o'zimizni Anvarjon Solievu, Olimjon Navkarovlar yaxshi o'ynaydiku
48. Qanday vaziyat! Bernard o'ng qanotdan shamol tezligida jarima maydoniga kirib borib narigi qanotdagi Neymarga to'p uzatdi, Francisko Rodriges to'pni bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! Juda xavfli vaziyat edi!
47. Rafael Markez maydonda yotibdi, afsona! U Tiago Silva bilan to'qnashib ketdi
46. Uchrashuvning ikkinchi qismi ham boshlandi. Jamoalardan gollar kutib qolamiz
46. O'zgarish. Braziliya. Ramires o'rniga Bernard tushdi
45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha nuol, nuol. Bizga salom aytganlar salomat bo'lishsin)
45. Birinchi bo'limga qancha qo'shildi? Bitta (qo'zi) daqiqa.
44. Ogohlantirish. Braziliya. Ramires. Raqibni "o'rib tashlagani" uchun
43. OCHOA! Birinchi bo'lim qahramoni! Hozir Braziliyaning uch nafar futbolchisi u bilan yakkama yakka qolishdi, berilgan zarbadan so'ng aynan meksikalik sochi jingalak darvozabon to'pni qaytardi
41. VASKEZ!!!! Xavfli vaziyat!!! 25 metrlardan yo'llangan zarba juda va juda xavfli chiqdi. Julio Sezar har qancha sakramasin to'pga eta olmadi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
40. Mo'ylovli futbolchi Luis Gustavo havo jangidan so'ng erga noqulay yiqildi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi, o'yin davom etadi
39. Zaxira o'rindig'ida Dante, Villian kabi sochi juda kam bo'lgan futbolchilar yonma yon o'tirishibdi
37. Ey sochlari sariq Alves nimalar qilayapsan? Jarima maydoni yonida Layunni yiqitdi. Jarima to'pidan so'ng himoyachilardan qaytgan to'pni Layun darvozaga yo'lladi, noaniq
36. Burchak to'pidan so'ng Fred boshi bilan darvozaga zarba berdi, Ochoa to'pni qaytardi
34. Neymarishshe! Bir o'zi raqibning uch nafar futbolchisidan o'tib ketdi, to'rtinchisi to'pni olib qo'ydi
30. Uchrashuvning yarim soati ortda qoldi, hozircha hisob ochilgani yo'q nol, nol...
29. Oskarning zarbasi kuchsiz chiqdi, Ochoa uchun bunday zarbalar hech nima emas
27. Morenoning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi
26. NEYMAAAAAAAAAAAAAR! OCHOAAAAAAAAAAA! Juda xavfli! Alvesning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini Neymar oppoq sochlari bilan darvozaga yo'lladi. Ochoa to'pni chiziq ustidan qaytarib yubordi!
24. ZARBAAAAAAAA! Sal qolsa Meksika gol urardi, Peraltaning zarbasi xavfli, lekin noaniq chiqdi
22. Tomoshabinlar jonli to'lqinni yuzaga keltirishmoqda, Narzullaning qo'shnisi To'lqin akaga salom)
21. Stadion yonida o'tirgan fotograflarning apparatlari shunaqangi kattaki qanday qilib ko'tarib yurisharkin deb o'ylab qoladi odam
19. Marselo chap qanotdan to'pni jarima maydoniga tashlab berdi, Fred o'yindan tashqari holatda ekan. Hakamlarni buni aniq baholashdi
16. Braziliya jarima to'piga ega bo'ldi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Keyingi hujumda Paulino noaniq zarba berdi
14. Xavfli hujum. Marselo chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachiga tegib yo'naligi o'zgargan to'p Paulinoning "chehrasiga" tegib maydonni tark etdi
13. Dani Alves yana o'zini ko'rsatdi, to'pni oldirib qo'yib raqibni oyog'iga tepdi, Guardado yomon yiqildi lekin. CHaqir Alvesni yoniga chaqirdi va bir nimalar dedi, himoyachi gap yo'q degandek bosh chayqadi
11. Xavfli vaziyat! Oskar! Fred! Darvozaning tashqi tomoni! Tushundingiza? Biroq Fred offsaydda ekan
8. Bugun sochini oppoqqa bo'yab olgan Dani Alves o'ng qanotda o'ziga oshirilgan to'pga eta olmadi, "sochlaringni sariqqa bo'yab nima qilarsan"...
7. David Luizning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib qaytdi
5. Dos Santos hakamning yonginasida Neymarni "nagliy" chaldi, g'alati bola ekanku bu
4. Layun Luis Gustavoni erga yiqitdi, hozircha ilk daqiqalarda qo'polliklar juda ko'p
3. Bugun qizil kiyimda o'ynayotgan Meksika hujumlar bilan boshladi, sariq libosdagi Braziliya terma jamoasi himoyachilari xavfni qaytarishdi
2. Neymar, Luis Gustavo va Ektor Moreno hisobida bittadan sariq kartochka bor. Ular bugun sariq kartochka olishsa uchinchi turni o'tkazib yuborishadi.
1. Haligi bor nima edi? Ha bolalar qani kettik. O'yin boshlanib ketdi!
- Ikkala jamoa birinchi turda g'alaba qozongan. SHu bois bugung yutgan jamoa 99 foizga keyingi bosqichga chiqadi.
- Endi Braziliya davlat madhiyasi! Buni so'z bilan tariflab bo'lmaydi... Neymar yig'lamoqda, hali o'yin boshlangani yo'q! SHunchagi vatan hissi kuchli bo'lgani uchun kap katta erkaklar yig'lashmoqda!
- Dastlab Meksika davlat madhiyasi yangraydi. Qoyil bunday muxlislarga xatto musiqa ham kerak emas, barakalla azamatlar! Stadion qo'shilib madhiyani kuylamoqda!
- Bugungi bahsni kim boshqarib boradi CHaqirmisilami? Ha, Junayt CHaqir ekan!
- Ikkala jamoa maydonga tushib kelmoqda.
- Ushbu bahsni sizlarga taqdim etayotgan insonni faqat bahs tugagach malum qilamiz. Qani topib ko'ringchi. Braziliya - Meksika uchrashuvini yoritib boradi?
- Jahon chempionatini biz bilan birga kuzatib borayotgan barchaga salom!
- O'yin soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar