Braziliya Konfederaciyasi mushuk voqeasi tufayli 200 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin
14 dek 2022 19:28
Yangiliklar
Braziliya Konfederaciyasi mushuk voqeasi tufayli 200 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin
Yaqinda Qatarda o'tkazilgan matbuot anjumanida Braziliya terma jamoasi matbuot xodimi stol ustiga sakrab chiqqan mushukni qo'pollik bilan ushlab, erga tashlagandi.
O'sha voqeadan so'ng ko'plab mushuksevarlar Braziliya terma jamoasi vakilini ushbu harakati uchun tanqid qilishdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Braziliya futbol konfederaciyasiga qarshi 200 ming dollarlik davo qo'zg'atilgan. Sudga hayvonlarni himoya qilish milliy forumi va bir guruh nohukumat tashkilotlar vakillari murojaat qilgan.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi o'sha matbuot anjumanidan ikki kun o'tib jahon chempionatini tark etgandi.
Fikrlar