Braziliya chempionatining to'purari "Real" yoki "Milan"ga o'tadi
09 sen 2018 12:43
Yangiliklar
Braziliya chempionatining to'purari "Real" yoki "Milan"ga o'tadi
"Fluminense" hujumchisi Pedro Abreu jamoani tark etishi mumkin.
"Globo" xabariga ko'ra, klubdagilar ayni damda moliyaviy tomondan qiyinchiliklarga uchramoqda. SHu boisdan, forvardni tezroq sotib yuborishga intilishmoqda. Ayni damda unga "Milan", "Roma" va "Real" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.
Pedro bu mavsumda 19 uchrashuvda 10 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. To'purarning transfer narxi 25-30 mln evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar