⚡️ Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda
20 jan 2023 13:20
Yangiliklar


⚡️ Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda
Unda o'tgan yildagi kabi Braziliya A Seriyasi peshqadam sifatida ko'rsatildi. Ular hisobida 1181 ochko bor. APL ham 2021 yildagi o'rnini saqlab qolib, 2-pog'onaga joylashdi. La Liga esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
Top-10 quyidagicha:
1. Braziliya chempionati – 1181 ball;
2. Angliya – 1086;
3. Ispaniya – 967,5;
4. Germaniya – 921,5;
5. Italiya – 866;
6. Franciya – 855;
7. Portugaliya – 853,25;
8. Niderlandiya – 808,75;
9. Argentina – 798,5;
10. Paragvay – 701;
…….
15. Turkiya – 582,5.
Osiyo futbol konfederaciyasiga azo mamlakatlar orasida hali hamon Janubiy Koreya chempionati peshqadamlik qilmoqda. Ular umumiy ro'yxatda 18-o'rinda ko'rsatilgan. O'zbekiston Superligasi esa qitada to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. CHempionatimiz 2021 yildagiga qaraganda 9 pog'ona yuqorilab, 57-o'rindan joy oldi. Superliga oldingi reytingda 66-bo'lib turgandi.
OFKdagi eng yaxshi chempionatlar:
18. J.Koreya – 525,25;
30. Yaponiya – 402;
40. S.Arabistoni – 352,75;
57. O'zbekiston – 297;
63. Eron – 284,5;
64. BAA – 281,75;
67. Qatar – 267;
71. Tailand – 257,26;
74. Xitoy – 250,6.
Eng quyi pastlash Rossiya Premer-ligasi va Ukraina chempionatida bo'lgan. RPL 36-o'rindan 80-pog'onaga, Ukraina birinchiligi 27-o'rindan 73-pog'onaga tushib ketgan. Belarus Oliy Ligasi esa 78-o'rinni band etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar