"Brayton"ga qarshi o'yinda Ronaldu eng past bahoni oldi
08 may 2022 11:48
Yangiliklar
"Brayton"ga qarshi o'yinda Ronaldu eng past bahoni oldi
"Brayton"ga qarshi o'yinda "Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu eng yomon futbolchilardan biri bo'ldi.
"Sky Sports" nashri ushbu o'yin uchun futbolchilarni baholab chiqdi. Unga ko'ra, Krishtianu Ronaldu, Xuan Mata hamda Nemanya Matich 4 ball olib, eng past natija qayd etdi. Uchrashuvda qatnashgan qolgan futbolchilar 10 ballik tizimda 5ga baholandi.
Bahsning eng yaxshi futbolchisi sifatida birinchi golni urgan Moyses Kaysedo etirof qilindi - 8 ball.
Fikrlar