So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  11 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

Branko Ivankovich: “Nasaf” o'z o'yinimizni o'ynashga imkon bermadi” Yangiliklar

Branko Ivankovich: “Nasaf” o'z o'yinimizni o'ynashga imkon bermadi”

“Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvidan (0:0) yakuniga etgach, matbuot anjumanining dastlabki qismida “Persepolis” jamoasi bosh murabbiyi Branko IVANKOVICH ishtirok etdi.

- Assalomu alaykum, bugun juda chiroyli o'yin bo'ldi. O'yinda qo'lga kiritilgan natijadan mamnunman. Biz ushbu o'yindan so'ng keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ydik. Bu esa bizning asosiy maqsadimiz edi.

O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, juda shiddatli futbol uchrashuviga guvoh bo'ldik. “Nasaf” keyingi bosqichga chiqa olmadi. Bugun gol kirita olmagan bo'lsada, juda ajoyib o'yin ko'rsata oldi.

SHu o'rinda mezbonlarga, bizga ko'rsatgan ehtiromi va yaratib bergan sharoitlari uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman

Biz chempionlar ligasining eng qiyin guruhidan joy olganmiz. SHuni takidlash kerakki, bugun biz Osiyoning istalgan jamoasiga qarshi sifatli o'yin namoyish eta olishimizni ko'rsata oldik.

Bugungi o'yindan keyin jamoamizda ishonch paydo bo'ldi. Keyingi o'yinda ham “Al Sadd”ni mag'lub etgan xolda guruhda birinchi o'rinni olish va bosqichma- bosqich ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

Bugun “Nasaf” juda ham yuqori kayfiyatda o'ynadi, 90 daqiqa davomida gol urishga harakat qildi va jamoamizga o'z o'yinini namoyish qilishga imkon bermadi. “Nasaf”ga Dragan CHeranning jarohati xalal berdi, ammo bu jamoani yorqin kelajak kutmoqda. Tarkibida iqtidorli yoshlar ko'p.

“Nasaf”dagi 20 va 10-raqamdagi futbolchilar menga yoqdi. 6 va 7-raqamdagi futbolchilarda ham mahorat yuqori. SHuningdek Lukich o'ng qanotdan ko'p hujumlar orqali bizga “boshog'riq” bo'ldi. Takidlayman, “Nasaf" bugun birinchi o'yindan butkul boshqacha raqobat ko'rsatdi. Ilk o'yinimizda mamlakatingizda  chempionat boshlanmagani “Nasaf”ga pand bergan edi.


"Nasaf" matbuot xizmati.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика