Boyan Ciger: "Finalda omad ko'proq "Nasaf"ga kulib boqdi"
21 dek 2022 18:28
Yangiliklar
Boyan Ciger: "Finalda omad ko'proq "Nasaf"ga kulib boqdi"
Jamoa chemionatda 2-o'rinni qo'lga kiritdi. O'zbekiston Kubogi finaliga qadar etib bordi. Bunda klub safida o'ynagan legionerlarning xizmatlari katta bo'ldi. Jumladan, himoyachi Boyan Ciger ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Xo'sh, Ciger namanganliklar safida qoladimi?
"Mavsum haqida nima deyish mumkin? Afsuski, jamoamiz ikki musobaqada g'olib bo'la olmadi. Bu biroz kayfiyatni tushiradi. SHunga qaramay, "Navbahor" uchun yaxshi o'tdi. Yaxshi taassurotlar qoldi.
O'zbekiston Kubogi finalida "Nasaf" bilan kuchlarimiz teng edi. Lekin omad ko'proq raqibga kulib boqdi va yakunda "Nasaf" muvaffaqiyat qozondi.
"Navbahor" bilan shartnomam muddati yakunlandi. Ammo tez orada bu borada yangiliklar bo'ladi. Menda boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Hozirda aynan qaysi jamoalardan ekanligini ayta olmayman. Tez orada barchasi malum bo'ladi", – deb so'zini yakunladi Ciger.
Fikrlar