So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  302 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  1 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  1 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  9 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  97 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  4

Botqoqqa cho'kish uchun suzishni bilish shart emas. "Paxtakor"ning OCHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida Yangiliklar

Botqoqqa cho'kish uchun suzishni bilish shart emas. "Paxtakor"ning OCHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida

Teglar :  PaxtakorOCHL
Tosh oynalar singan tunning sababchisi "Paxtakor" va uning OCHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida gaplashamiz.

 Dushmanligimizdan emas, achinganimizdan. CHunki yurt jamoasining faqat yutug'i emas, mag'lubiyati ham o'zimizniki. Olqishlar, qarsaklar bilan qachongacha o'zimizni aldaymiz? "Paxtakor" 

mamlakatning bosh jamoasi, O'zbekiston chempioni, ko'p yillik tarixga ega. Lekin nima beryapti shular? Yana qancha eski g'alabalar bilan kekkayib yuramiz? 

1. Noto'g'ri selekciya ishlari

O'zbek futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lgan avstraliyalik murabbiy Mirko Yelichich bir necha yillar avval bu borada tan olib bir gapni aytgandi. 

- Legionerlar masalasi? Ha, biz legionerlarni tanlashda adashyapmiz. Bizda skautlar yo'q. SHu boisdan ham yutubdagi roliklarini ko'rib ularni jalb qilamiz. Agarda Marat Bikmaevni o'yinlarini qirqib, rolik qilib yasasa, ishoning, unga "Real" jamoasi qiziqib  qoladi.


- "Paxtakor" vice-prezidenti Samvel Babayan yuqori saviyali legioner tanlagani Serbiyaga Islom Xodjaevni yuborgan ekan. U klubimizga kelib, bir necha marta o'yinlarimizni ko'rdi va meni jamoaga taklif qildi. "Paxtakor"ning tarixini o'qib, taklifga tezda rozilik berdim va yig'inlarga jo'nab ketdim. (c)  Boyan Miladinovich

 

Haqiqatdan ham shunday. Xo'sh, "Paxtakor"da selekcioner, skaut bormi, degan savol tug'iladi. Larin va Xajiev sof selekciya mahsuli emasligi OCHLda yaqqol bilinib qoldi. Bunga klubda javob beradigan masullar bor, sport direktori, bosh murabbiy. Aftidan Larin va Xajiev ham roliklar orqali ko'rib olib kelingan. 



2. Hujumdagi muammolar

Ushbu omil bevosita yuqoridagi fikrlarga bog'lanib ketadi. "Paxtakor"da hozir men uchun bitta legioner bor, Dragan CHeran. Slavche Voyneski uchun ham u muhim futbolchiga aylanib ulgurdi. CHunki mavsum boshidan buyon CHeranni hujumchi sifatida o'ynatib kelyapti va yaxshi foyda keltirayotgandi. Piter Xyuistra esa SHerzod Temirovdan yakunlovchi sifatida foydalangandi. Lekin u ham qishda fors klubiga berib yuborildi.  Aftidan Mirjahon Mirahmadov Voyneskining rejalaridan o'rin olmagan. Bilishim bo'yicha u Piter Xyuistraning istagiga ko'ra olib kelingan. Jamoa deyarli barcha o'yinlarda vaziyatlar yaratyapti. Keskinlik yuzaga keltirmoqda. Lekin golni sezadigan, kerakli vaziyatda paydo bo'ladigan hujumchi topilmayapti. 



3. Yakkalanib qolayotgan Azamov

Anzur Ismoilov va Egor Krimec tark etgach himoyada o'zimizdan faqat SHerzod Azamov qoldi. Uning yoniga esa Avazbek O'lmasaliev taklif qilindi. Lekin nimadir bo'ldiyu yangi murabbiy kelgach taktik va pozicion jihatdan yaxshi o'ynaydigan O'lmasalievga javob berib yuborildi. Larin va Xajiev mudoaadagi bo'shliqlarni to'ldirish uchun olib kelingandi, lekin maydonda himoyada Azamovning o'zi yakkalanib qolayotgani yaqqol ko'rinmoqda. O'tgan mavsum sekin-asta imkoniyat beri kelinayotgan SHahzod Azmiddinov bu yil yana zaxirada qolmoqda. 


4. Kechaning gapi bugunga to'g'ri kelmaganda

Klub sport direktori Jafar Irismetov mavsum yakunida bergan intervyusida tarkib  yosharishiga, maqsadlar esa o'zgarmasligiga ishora qilgandi. Bundan buyon faqat yoshlarga va tarbiyalanuvchilariga etibor berishi kutilayotgan "Paxtakor" faqatgina allaqachon legionerga aylanishi kerak bo'lgan Xojimat Erkinovdan foydalanmoqda. Diyor Xolmatov, Abbos Fayzullaev imkoniyat kutish bilan musobaqani o'tkazishdi.  Xo'sh, "Paxtakor" chindan ham siyosatini o'zgartirib yoshlar bilan ishlamoqchimi? Ko'rmayapmiz. Alijonov va Erkinov allaqachon ketishi kerak. O'sishi uchun ham bu zarur. 

Bir dengizchidan ahvol qalay, deb so'rashgan ekan. SHunda dengizchi yomon emas, faqat cho'kyapmiz, degan ekan. Xo'sh, bunga suv aybdormi yoki suzishni bilmagan odamni o'zimi? Botqoqqa cho'kish uchun esa  suzishni bilish shart emas. 


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика