So’nggi yangiliklar

02:20Суперлига-2025. Мавсумнинг эсда қоларли лаҳзалари  1 01:56"Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирини сотиб олмоқчи  0 01:24Асосий таркибдан жой ваъда қилинган "Сити" футболчиси жамоани тарк этмоқчи  0 00:51МЮ "Атлетико" футболчисини 30 млн. еврога сотиб олиши мумкин  0 23:45Яхшибоев ва Болтабоев "Андижон"га ўтди  12 23:27"Йилнинг энг яхши ёш футболчиси" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  1 22:44"Йилнинг энг яхши хорижлик футболчиси" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  3 22:11"Нефтчи"дан кетган Левченко Суперлигада "йил мураббийи" совринини қўлга киритди  5 22:06"Реал" ТВ Родригонинг "Жирона" билан ўйинда йиқилиши ҳақида: "Контакт бор — демак, пенальти"  6 21:44Opta ЖЧ-2026да терма жамоаларнинг чемпион бўлиш эҳтимолини ҳисоблаб чиқди, рўйхатда Ўзбекистон терма жамоаси ҳам бор  9 21:06Мбаппе бир йилда 60 та гол урди, XXI асрда фақат 3 киши ундан яхшироқ натижа қайд этган  8 20:57Баъзи "Реал" ўйинчилари Алонсо услубларига ишонмаяпти. Бошқалар фикрича, муаммо мураббийда эмас  1 19:49"Ливерпуль" "Реал" футболчисини сотиб олишга тайёр  1 19:21Алонсо "Реал"нинг устувор трансфер мақсадини аниқлаб олди  1 18:52"Челси" сардори Жеймс: "Ҳамма нима учун курашаётганимизни кўрмоқда"  2

Bosh hakamni ayovsiz tanqid qilgan "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati jarimaga tortiladigan bo'ldi Yangiliklar

Bosh hakamni ayovsiz tanqid qilgan "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati jarimaga tortiladigan bo'ldi

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Dinamo" 1:2 "Lokomotiv" uchrashuvi mehmon jamoaning messenjeri orqali matnli translyaciya qilib borildi.

Matnli translyaciya davomida uchrashuv rasmiylariga nisbatan ochiqdan-ochiq nohaq fikrlar bildirildi. "Superliga va Proliga reglamenti"da hakamlikka nisbatan etiroz bildirish tartibi uchun alohida bob ajratilgan bo'lib, unda bu ish qanday amalga oshirilishi batafsil tushuntirilgan. SHunga qaramay, "Lokomotiv" klubi hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagan. Bundan ko'rinadiki, klub matbuot xizmati hamda klub rahbariyatining o'yin yuzasidan poziciyasi bir-biridan farq qiladi.  

Superliga bellashuvi jonli teletranslyaciya qilinadi va uni takroriy lavhalar yordamida kuzatish imkoniyati mavjud. SHuningdek, mazkur musobaqaning har bir uchrashuvida VAR tizimidan foydalanib kelinmoqda. "Dinamo" – "Lokomotiv" uchrashuvida VAR uzilishlarsiz faoliyat olib borgan bo'lib, undagi barcha detallar nazorat ostida bo'lgan. 

"Liga tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo'riqnoma"ning 2.2-bandida klub matbuot kotibi rasmiy sahifalarda elon qilingan materiallar uchun javobgar ekanligi belgilangan. Liga Lokomotiv matbuot xizmatining xatti-harakatlari yuqorida ko'rsatilgan har ikki reglamentga zid ekanligidan kelib chiqib, klubga nisbatan jarima intizom chorasi ko'rilishini malum qiladi. Kelgusida bu kabi holat takrorlansa, matbuot kotibiga berilgan Liga licenziyasi qaytarib olinadi hamda jamoa uchun boshqa kotibni Liga ro'yxatidan o'tkazish talab etiladi.

"Lokomotiv"ning goli qoida buzilgan holda urilgan — O'zFHM

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика