"Borussiya" - "Manchester Siti" o'yini Budapeshtda bo'lib o'tadi
09 fev 2021 08:43
Yangiliklar


"Borussiya" - "Manchester Siti" o'yini Budapeshtda bo'lib o'tadi
Jamoalar Germaniyada uchrashishmaydi.
CHempionlar Ligasi 1/8 final birinchi o'yin doirasidagi "Borussiya" (Myonxengladbax) - "Manchester Siti" bahsi Budapeshtda bo'lib o'tadi.
Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati xabar bermoqda. O'yin 24 fevralda bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa Manchesterda o'tkaziladi.
Oldinroq, aynan "Pushkash Arena"da "RB Leypcig" - "Liverpul" o'yini ham bo'lishi tasdiqlangan edi.
UEFAning qaroriga ko'plab davlatlar, jumladan Germaniyaning ham yangi shtamm sabab Buyuk Britaniya bilan aviaaloqani to'xtatib qo'ygani sabab bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar