"Borussiya" Malenning transferi borasida kelishuvga erishdi
23 iyu 2021 13:38
Yangiliklar
"Borussiya" Malenning transferi borasida kelishuvga erishdi
Dortmundning "Borussiya" klubi bosslari niderlandiyalik vinger Doniell Malenning transferini hal qildi.
Nemis top-klubi 22 yoshli futbolchi uchun 30 million evro to'laydi. Doniell dortmundliklar bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Malenning Dortmundda Jeydon Sanchoning o'rinbosari bo'lishi kutilmoqda.
Doniell PSV safida 2018 yildan beri 89ta o'yinda maydonga tushib, 40ta gol va 17ta assist qayd etgan.
Fikrlar