"Borussiya" Jeydon Sanchoning transferi uchun muhlat belgiladi
07 iyu 2020 17:38
Yangiliklar
"Borussiya" Jeydon Sanchoning transferi uchun muhlat belgiladi
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati jamoa vingeri Jeydon Sanchoning transferi borasida muzokaralarni 31 iyulga qadar o'tkazishga tayyor.
Xabarlarga ko'ra, dedlayndan so'ng nemis klubi 20 yoshli futbolchi bilan xayrlashmaydi.
Sancho uchun davogarlar orasida etakchi MYU hisoblanadi, ammo "qizil iblislar" "arilar" talab qilayotgan 100 million evro miqdoridagi pulni to'lashga tayyor emas.
Jeydonning "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Oldinroq, angliyalik vataniga qaytishni xohlayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Sancho joriy mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 20ta assist qayd etdi.
Fikrlar