“Borussiya D” himoyachisining qancha muddatga safdan chiqqanligi malum bo'ldi
08 okt 2019 07:40
Yangiliklar
“Borussiya D” himoyachisining qancha muddatga safdan chiqqanligi malum bo'ldi
“Borussiya” yana qanot himoyachisidan ayrildi.
Lukash Pishchek 2 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Endi Pishchek jarohat sabab FIFA kunlari doirasida Polsha termasi safida ham o'ynamaydi. U “Borussiya D” safida “Frayburg”ga qarshi bahsning 14-daqiqasida oyoq mushaklaridan jarohat olgandi. Agar hammasi o'z o'rnida ketsa, futbolchi 23 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan ECHL doirasidagi “Inter”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
34 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Fikrlar