So’nggi yangiliklar

00:00Миллатлар лигаси. Португалия ва Испания бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  29 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  1 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  4 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  41 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  11 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  15

Bor kuch bilan o'ynasak, Xitoy kim bo'pti! (Yigitlarni g'alabaga undash haqida) Yangiliklar

Bor kuch bilan o'ynasak, Xitoy kim bo'pti! (Yigitlarni g'alabaga undash haqida)

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvni o'tkazadi.

Futbolchilarimiz safarda Xitoy termasiga qarshi maydonga tushishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi. To'g'risini aytganda, hammamiz bu to'qnashuvdan faqat g'alaba kutyapmiz. Oldimizda ikkita o'yin qoldi va ikkalasini ham o'z foydamizga hal qilsak, marra - bizniki. O'zbekiston o'z tarixida ilk marta jahon chempionatiga chiqadi. 

Bungacha aksariyat muhim bellashuvlar oldidan doim vahima holatiga tushib qolganmiz. Bu vahima birinchi navbatda jamoamizning safarda o'ynashi bilan bog'liq. Biz ko'pincha terma jamoamiz safar o'yiniga borganda raqib haqida og'iz ko'pirtirib gapiramiz, ularning kuchini yuqori baholaymiz, bu esa futbolchilarga albatta o'z tasirini o'tkazadi. Lekin endi bunday gaplarni gapirmaymiz. Biz Xitoyni hurmat qilamiz, lekin ulardan qo'rmaymiz. 

Ularni o'tgan yil Toshkentda mag'lub etganmiz, nega endi safarda ham yuta olmas ekanmiz? Tarixga nazar tashlasak, Xitoydan bizdan aslo yaqqol kuchli bo'lmagan. O'zim ko'rgan o'yinlar orasida Xitoy faqat ikkita bellashuvda bizdan ustun bo'lgan xolos. Bu 2001 yil o'tkazilgan JCH-2002 saralash o'yini (Xitoy - O'zbekiston 2:0) hamda 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidagi Xitoy - O'zbekiston 2:1 uchrashuvi. Boshqa o'yinlarda Xitoyning bizdan ustunligini ko'rmaganmiz. 

O'tgan yil Toshkentda bu jamoani ko'rganmiz, kerak bo'lsa 2:0 hisobida yutganmiz ham. SHundan so'ng ularda bosh murabbiy o'zgarib, Marchello Lippi jamoani qabul qilib olgandi. Hozirda ko'pchilik Lippini gapiryapti, u kishi murabbiy sifatida jahon futbolida kuchli shaxs, ammo shuni unutmaylik, maydonga Lippi tushib o'ynab bermaydi. Maydonda o'tgan yil biz mag'lub etgan futbolchilar harakat qilishadi. 

Men eng avvalo futbolchilarimiz kuchiga ishonyapman. O'yinchilarimizning salohiyati, o'yini va texnikasi xitoyliklardan kuchli. Biz raqibni bemalol safarda ham mag'lub eta olamiz, faqat futbolchilarimiz o'z kuchlariga ishonishsa bas. Osiyodan bizdan kuchli faqat Avstraliya, Yaponiya, Eron va Janubiy Koreya bo'lishi mumkin, ammo boshqalar bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Faqat vahimaga tushmasak  bo'lgani. Eng birinchi navbatda bosh murabbiy Babayanning o'zi vahima qilmasligi kerak, chunki bu o'yinchilarga tasir qiladi. 

Bugun g'alaba biz tomonda bo'lishini qandaydir ich-ichimizdan sezib turibmiz. Go'yoki bu safar jahon chempionatiga chiqadigandekmiz. SHunisi yaxshiki, hammasi o'z qo'limizda. Qolaversa, raqiblar ham avvalgidek kuchli emas. Biz hozirgi holatda Xitoyni ham, undan keyin Koreyani ham bemalol mag'lub eta olamiz. CHunki bizdan ko'ra ular sarosimaga tushib qolgan. SHu paytgacha bo'lgan hamma gaplarni unutamiz va bor etiborni terma jamoani qo'llab-quvvatlashga qaratamiz. Nasib qilsa bugun soat 19:00dan bayramni boshlab yuboramiz. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика