Bonuchchi agenti orqali "Milan"dan uni transferga qo'yishni so'radi
18 iyu 2018 09:13
Yangiliklar
Bonuchchi agenti orqali "Milan"dan uni transferga qo'yishni so'radi
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi o'z agenti orqali klub rahbariyatidan uni transferga qo'yishlarini so'radi.
Malumotlarga ko'ra, Bonuchchi boshqa klubga o'tmoqchi. Himoyachi "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "CHelsi" qiziqishlari doirasida.
Bonuchchi bir yil oldin 42 mln. evro evaziga "Yuventus"dan "Milan"ga o'tgan edi. Milan klubi moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun Evropa ligasida ishtirok etishdan chetlatilgan. Yuzaga kelgan vaziyat tufayli Bonuchchi jamoani tark etmoqchi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir necha marta himoyachi haqida iliq fikr bildirdi. Italiyalik himoyachi bir yil oldin "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin edi, ammo o'g'lining betobligi tufayli Italiyada qolishga qaror qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar