So’nggi yangiliklar

23:15Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси қизил карточкадан сўнг ғалабани қўлдан чиқарди  2 22:52Қишки трансфер ойнасида АПЛнинг икки клуби Абдуқодир Ҳусанов учун курашади  17 22:26"Ал Насср" - "Ал Садд". Криштиану Роналду асосий таркибдами?  1 22:19Амалдаги ОЧЛ чемпиони Тошкентда машғулот ўтказди  0 21:45FIFPro рамзий терма жамоаси учун даъвогарлар номи эълон қилинди  6 21:33Леонарду Жардим "Пахтакор"га қарши баҳс олдидан нималар деди?  5 21:21Суперлига плей-офф ўйинларида ишлайдиган ҳакамлар маълум бўлди  5 21:05Элит ОЧЛ. ​Остон Ўрунов гол урган баҳсда "Персеполис" камбэк намойиш этди  6 20:47Суперлига. 26-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  0 20:01Киммих янги шартнома ҳақида: "Мен ёзни кутиб ўтирмайман"  1 19:47Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамларимиз Элит ОЧЛ баҳсида ишлайди  1 19:26"Марсель" "Челси" ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 18:17ПСЖ вингери Луис Энрике билан келишмовчилик туфайли жамоа билан шартномасини узайтиришни истамаяпти  6 17:43"Барселона" Левандовскига Бундеслигадан ўринбосар топди  1 17:10"Пахтакор" режалари юзасидан матбуот анжуманига таклиф қилади  18

Leonardu Jardim "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? Yangiliklar

Leonardu Jardim "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

Osiyo Elit CHempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" bahsi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

"Ertaga qiyin bahsda ishtirok etamiz. Ikki jamoa uchun ham juda katta ahamiyatga ega o'yin. Keyingi bosqichga chiqishi imkoniyatlarini saqlab qolish uchun ertaga jamoalar uchun faqatgina g'alaba kerak", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

"Ertangi bahsda g'alabaga qozonamiz degan umiddaman. Bosh murabbiymiz aytib o'tganlaridek o'yin ahamiyati juda katta", - deydi himoyachi Kuadio.


- O'zbek jamoalari bilan birinchi marotaba to'qnash kelishingiz. O'zbek futboliga haqida nimalar bilasiz?

- Ha. Ertangi bahs o'zbek klublariga qarshi birinchi o'yinim bo'ladi. "SHabab Al Ahli"da faoliyat yuritgan davrim vatandoshingiz Aziz G'aniev ham ushbu klubda edi. Aziz bilan o'zbek futboli haqida biroz gaplashganmiz. Mamlakatingiz futboli haqida kichik tasavvurga egaman.

Kuame Kuadioga savol

- Ertaga biz g'alaba qozonishimizga ishonaman deb aytib o'tdingiz. Siz o'zingizni BAA futbolining bir qismi deb qabul qilasizmi? Sababi siz mahalliylashtirilgan futbolchilardan birisiz. 

- Ha. Men o'zimni Amirlik fuqarosidek his qilaman. Men 2019 yildan beri BAAda yashayman. Hozirgi kunda men BAA milliy terma jamoasida safida ham o'ynamoqdaman. SHu sababli men o'zimni ushbu mamlakat futbolining bir bo'lagi deb hisoblayman.

- "Paxtakor" jamoasi o'ta omadsiz mavsum o'tkazdi va Elit CHempionlar ligasida hali birorta g'alabaga erisha olmadi. Ertangi raqibni qanchalik o'rganib chiqdingiz? "SHerlar" joriy mavsum qanday o'yin namoyish etayotganidan xabardormisiz?

- Albatta. Biz "Paxtakor"ni tahlil qilib chiqdik. Bunday musobaqada barcha raqibni sinchkovlik bilan o'rganish kerak. Ushbu musobaqada faqatgina Saudiya klublari juda yaxshi natija qayd etishmoqda. "Paxtakor"ning hozirgi ochkolari ko'p emas, ammo oldinda uchta bahs bor. Ushbu o'yinlarda g'alaba qozonib 9 ochkoni qo'lga kiritish mumkin. Biz ham fevral oyidagi bahslarda g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l olishni maqsad qilganmiz.

- Siz Saudiya Arabistonida ham ishlasangiz. Hozir esa BAA klubini boshqarmoqdasiz. Saudiya klublari va Osiyoning boshqa jamoalari o'rtasidagi farq haqida fikr bildirib o'tsangiz? Saudiya klublarining moliyaviy imkoniyatlari ancha yuqori. Masalan, "Paxtakor" yoki "Al Ayn" kabi jamoalar Saudiya klublariga qarshilik ko'rsatishi mumkin? 

- Men dastlab "Al Hilol"ni boshqardim. Keyin esa "SHabab Al Ahli" va o'tgan yili Dohada ishladim. So'nggi ikki yilda Saudiya klublari anchagina kuchayib olishdi, biroq bu futbol. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Syurprizlar ham kam emas. Masalan, o'tgan mavsumda "Al Ayn" OCHLda g'olib bo'ldi. "Al Ayn" musobaqa favoriti emas edi. Haqiqiy favorit maydonda aniqlanadi, maydon tashqarisida emas.

- Murabbiylik faoliyatingizda ko'plab yosh iqtidorlarni kashf etsangiz. "Al Ayn" safida ham bir nechta iqtidorli futbolchilar bor. Ularni ertaga maydonda ko'rishimiz mumkinmi?

- Bizda bor-yo'g'i ikki hafta vaqt bor edi, xolos. Yosh futbolchilarga imkoniyat berishga majburmiz. Ertangi uchrashuvning ahamiyati qanday ekanligini o'zingiz yaxshi bilasiz. Yosh futbolchilar bilan maydonga tushishimiz ehtimoli kam. Yoshlar bilan ishlashga vaqtimiz bo'ladi, ammo hozir bizga natija muhimroq.

Kuame Kuadioga savol

- Joriy mavsumda "Al Ayn" jamoasining o'yini qovushmayapti. Amaldagi OCHL g'olibini musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida ko'rish juda g'alati. "Al Ayn"ga nima bo'ldi? Natijalar yomonlashishining sababi nimada?

- Fikringiz to'g'ri. Joriy mavsumni yaxshi boshlay olmadik. O'tgan mavsum va hozirgi vaqtni solishtirish noto'g'ri. Biz mavsum o'rtasida murabbiyni o'zgartirdik. Bu esa biroz vaqt talab etadi. Tez orada natijalarimizni yaxshilab olishimizga ishonchim komil.

- "Paxtakor" Elit ligada eng kam gol urgan jamoa, "Al Ayn" esa eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa. "Paxtakor"ni o'rganish jarayonida ko'proq mahalliy chempionat o'yinlariga etibor qaratdingizmi yoki Elit CHempionlar ligasidagi bahslarni ham o'rgandingizmi? "Paxtakor"ning ustunlik va kamchilik jihatlarini aytib o'tsangiz?

- "Paxtakor" ikki xil uslubda o'ynar ekan. Mahalliy chempionatda 2ta markaziy himoyachi bilan o'ynasa, xalqaro o'yinlarda jamoa 3ta markaziy himoyachi bilan harakatlanishni hush ko'radi. Bu kichik farq. O'tkazib yuborilgan gollarga haqida gapiradigan bo'lsam, bunchalik ko'p gol o'tkazib yuborish normal holat emas. O'tkazib yuborilgan gollar butun jamoaning aybi hisoblanadi. Faqatgina himoyachi va darvozabon aybi emas. Raqibimiz qanday o'yin namoyish etishidan qatiy nazar biz ertaga uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak.

Kuame Kuadioga savol

- O'tgan mavsumda ham "Paxtakor" bilan to'qnash kelgan edingiz. "SHerlar" joriy mavsumda katta o'zgarishlarga qo'l urdi va tajribali futbolchilar bilan xayrlashdi. Nima deb o'ylaysiz "Paxtakor" joriy mavsum kuchliroq bo'ldimi yoki ko'proq kuchsizlandimi?

- Ushbu jamoaning joriy mavsumdagi o'yinlaridan xabardor emasman, biroq o'tgan yili "Paxtakor" bizga ancha muammo yarata olgandi. Men "Paxtakor"ga qarshi kechgan ikkinchi bahsda ishtirok etmagan edim. Umid qilamanki, ertangi raqibimiz o'tgan mavsumga nisbatan kuchsizroq bo'lib qolgan.



Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Elite West . 6-tur

03/12/2024, 19:00

-
:
-
Boshlanmadi

Al-Ain

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
02 dek 23:04:32
Farhod__bek1990
Paxtakorni issiqqina joni qolgan
+1   
02 dek 21:47:27
Shahi
Жардим тоға хеч хавотир олманг Пахтакор мушукчага айланиб бўлган сизлар ютасизлар бемалол
   
02 dek 23:01:21
Аббосхужа
Машҳур шарҳловчи Николай Озеров айтганидек, " майдон текис, тўп юмалоқ ". Пахтакор эртага ютиши ҳам мумкин. Ишонишда давом этамиз.
-1   
02 dek 21:51:40
Aziz Yuldashev
Shahi foydalanuvchining fikriga javob berish
Жардим тоға хеч хавотир олманг Пахтакор мушукчага айланиб бўлган сизлар ютасизлар бемалол
Пахтакорга осилмай тоғангни этагидан махкам тут
-2   
02 dek 23:19:35
Ифтихорим
Узбени камандасиниям оркаларингниям сотасалар тогаларинга ватангадолар уйини ичи дарс кетса беганалага билдириб куй
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика