Rasman: "Monako" sobiq ustozi "Al Ayn"ni boshqaradi
08 noy 2024 14:47
Yangiliklar
Rasman: "Monako" sobiq ustozi "Al Ayn"ni boshqaradi
O'tgan yilgi OCHL g'olibi Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi kecha Ernan Kresponi bosh murabbiylikdan bo'shatdi.
SHundan so'ng klub tezda argentinalikka o'rinbosar topdi – portugaliyalik Leonardu Jardim jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylandi.

Tajribali mutaxassis bilan shartnoma 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Jardim ishlagan so'nggi klubi "Al Rayyan" edi. Murabbiy "Monako"dagi faoliyati bilan nom qozongan. Klubga birinchi kelishi (2014-2018) ayniqsa muvaffaqiyatli bo'lgan. "Monako" Jardim boshchiligidagi dastlabki ikki mavsumda ikki marta Franciya chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. Portugaliyalikning monegasklar boshchiligidagi uchinchi mavsumi chinakam zafarli chiqqan: jamoa 17 yil ichida birinchi marta Liga 1da g'alaba qozongan va PSJning uzoq muddatli gegemonligiga chek qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar