Bon Jovi: “CHelsi”ga qarshi bahs oldidan myunxenliklar spirtli ichimliklar istemol qilishgandi”
28 fev 2020 23:32
Yangiliklar
Bon Jovi: “CHelsi”ga qarshi bahs oldidan myunxenliklar spirtli ichimliklar istemol qilishgandi”
Afsonaviy rok musiqachi Jon Bon Jovining aytishicha, Myunxenning “Bavariya” jamoasi futbolchilari ECHL 1/8 finalida “CHelsi”ga qarshi bahs oldidan spirtli ichimliklar istemol qilishgan.
Uchrashuv 3:0 hisobida myunxenliklarning g'alabasi bilan yakun topgandi.
Londonga uchib kelgan musiqachi futbolchilar bilan bitta mehmonxonadan joy olgandi. Uning aytishicha, alkogol futbolchilarga muhim bahsga tayyorgarlik ko'rishlariga halaqit qilmagan.
“Men mehmonxona barida o'z ishim bilan band edim. Bu erda “Bavariya” futbolchilari ham joylashishgan edi. Ular pivo va viski ichib o'tirishardi. Ertasiga esa “Stemford Bridj”da “CHelsi”ni yirik hisobda mag'lub etishdi.
“Bavariya”ning yigitlari viski va pivoni bemalol istemol qilib turishgandi. Oh, bu gaplarim kimlargadir muammo tug'diradiyov”, dedi musiqachi talkSPORT kanali efirida.
Fikrlar