Boliviyaning “Bolivar” klubi Bekxemga bitta o'yinga mo'ljallangan shartnoma taklif etayapti
24 dek 2013 11:20
Yangiliklar


Boliviyaning “Bolivar” klubi Bekxemga bitta o'yinga mo'ljallangan shartnoma taklif etayapti
“PSJ” va “Los-Anjeles Gelaksi” klublarining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem, yana futbolga qaytishi mumkin.
“Bolivar” 38 yoshli angliyalik o'yinchiga bitta o'yinga mo'ljallangan shartnoma taklif etayapti.
Bu haqda boliviyaliklar klubining marketing bo'yicha direktori Salomon CHalan xabar bergan.
“Haqiqatdan ham Bekxemning “Bolivar” tarkibida bitta o'yin o'tkazishini istayapmiz. Bekxem va klub xo'jayini o'rtasida muzokara olib borilayapti. Bu Libertadores Kubogi bo'ladimi, yoki oddiy o'rtoqlik uchrashuvimi hali nomalum. Qolgan masalalarni esa muzokaralar davomida kelishib boramiz”, - Salomon CHalanning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Fikrlar