So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Bolboylar qanday paydo bo'lganini bilasizmi? (maqola) Yangiliklar

Bolboylar qanday paydo bo'lganini bilasizmi? (maqola)

Teglar :  Bolboy
Bolboy paydo bo'lishiga bir inson sabab bo'lgan.

1902 yil, "SHeffild Yunayted" - "Beri" o'yini.


Bu videoda hammasi ajoyib: CHarli CHaplin va Baster Kit filmlardagi musiqa, 117 yil avvalgi muxlislar, tezligi hozirgidan qolishmaydigan futbol, faqatgina maydonning malum bir qismini suratga olayotgan kamera va xuddi birinchi professional o'yinini o'tkazayotgan "Beri" darvozaboni.

Rolikdagi eng qiziq qahramon - posbon, faqat video oxirida paydo bo'ladigani. U katta qornini yashirib turadigan ishtonini kindigidan teparoqqa ko'tarib qo'ydi va bor kuchi bilan to'pni o'yinga kiritdi.

Bu Uilyam Fulk, tarixdagi eng yirik darvozabon. Uning bo'yi 193 sm, vazni 152 kg bo'lgan.

Fulk 1874 yil Angliyaning Douli (hozirgi nomi Telford) shaharchasidadunyoga kelgan. Bu erda boshqa yirik inson ham dunyoga kelgan. 18 asr oxirida bu erda Uilyam Boll yashagan. U Britaniyaning eng og'ir insoni edi: Bo'yi 175 sm, vazni esa 250 kg.

Fulk maktabdan so'ng konchi sifatida ishlay boshlagan va mahalliy jamoada to'p tepardi. Bir marta u o'ynaydigan jamoa uchrashuviga Derby Daily Tepegraph gazetasi muxbiri keladi: "To'lachadan kelgan yigit o'zgacha edi, unda yuqori saviyali posbon bo'lish imkoniyati bor". Gazetadagi bu yozuvdan o'ng bir nechta klub unga qiziqa boshladi, "SHeffild Yunayted" esa Fulkni tezda o'z safiga qo'shib oldi. Bu klub 19 yoshli yigit uchun 20 funt to'ladi.


Ful birinchi mavsumdagi 30ta o'yindan 29tasida ishtirok etdi va yana jurnalistlar maqtoviga sazovor bo'ldi: Scottish Sport gazetasi nihoyat hujumchilarni qo'rqita oladigan darvozabon paydo bo'lganidan xursand bo'ldi va quyidagi gaplarni yozdi: "U o'zi istasa darvoza ustiga chiqa oladigan novcha insonlardan biri. U juda yirik, ammo etarli darajada chaqqon".


Fulk keyingi to'rt yil ichida bor-yo'g'i 3ta uchrashuvni o'tkazib yubordi va ajoyib o'yini bilan yangi shartnomaga munosib ko'rildi: Uning haftalik maoshi 4 funt bo'ldi va yozgi tatil vaqtida ham to'lovlar to'xtatilmadi. Bundan tashqari mehmondagi g'alaba uchun futbolchilarga 10 shilling (1 funt - 12 shillingga teng), uydagi muvaffaqiyatga esa 5 shilling to'langan. Muhim uchrashuvlarda qozonilgan g'alabalarga katta bonus berilardi (5 funt).

Hozir bu raqamlar kulgili ko'rinishi mumkin, ammo futbolchilar o'sha paytda ham qolganlardan boyroq bo'lgan: Oddiy ishchi haftasiga 1 funt topardi, shifokor, diplomat va olimlar taxminan 2,5 funt. Fulk faoliyatiga 10 yil bo'lmasdan do'koncha va qovoqxona sotib oldi.


1896/97 mavsumda "SHeffild" (dubl qayd etgan "Aston Villa"dan keyin) ikkinchi o'rinni egalladi, Fulk bor-yo'g'i 29ta gol o'tkazib, liga rekordini o'rnatdi (hozir bu rekord "CHelsi"ga tegishli - 2004/05 mavsumda 15ta gol). O'shanda Uilyam terma jamoa safidagi yagona uchrashuvida maydonga tushgan. Angliya Uels darvozasiga javobsiz to'rtta gol urgandi, biroq Fulkni boshqa uchrashuvlarga chaqirishmadi. Sheffield Daily Telegraph gazetasi buni chiroyli tushuntirdi: "Afsuski, Fulk to'singa osilish odatini yo'qotmadi, shunba kuni darvoza ikkiga bo'linib ketdi. U o'zini yaxshi ko'rsatdi, biroq navbatdagi o'yinlarga ehtiyotkorroq insonlar chaqirilsa kerak".


1895 yilda Fulkning vazni 80 kgdan ortiqroq edi, ammo keyingi yillarda vazn deyarli ikki baravarga oshib ketdi. O'shanda muxlislar unga "Baqaloq" laqabini berishdi, keyin ajoyib ibora paydo bo'ldi: "Pirogni kim eb qo'ydi?" Futbolchilar Uilyamni laqabi bilan chaqira boshlashdi, ammo posbon xafa bo'lmadi: "Qarshi emasman, xohlaganicha chaqirishsin, faqat tushlikka taklif qilishni unutishmasin".


"SHeffild" aynan "baqaloq" Fulk bilan birinchi sovrinni qo'lga kiritdi: 1898 yilda klub tarixda ilk bor Angliya chempioni bo'ldi, bir yil o'tib esa Kubok qo'lga kiritildi. Bunday muvaffaqiyatlar Fulksiz qo'lga kiritilmagan bo'lardi: Jamoa o'zining eng yaxshi mavsumida 31ta gol o'tkazib yubordi (faqat ikkinchi o'rinni egallagan "Sanderlend"da bitta to'p kam edi), muxlislar Fulkni Britaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb atashdi, jurnalistlar esa maqtashda davom etishdi: "O'lchamlariga qaramasdan, u tez harakat qiladi va o'ng qo'li bilan to'pga kuvaldadek zarba beradi" - deb yozgandi Athletic News gazetasi.

Bazida jamoaga adolatsizlik qilishsa, Uilyamning o'zi ham qo'li kuvaldaga aylanishini istab qolardi. 1902 yilda "SHeffild" Kubokda "Sautgempton"ni mag'lub etayotgandi, ammo bahs yakunlanishiga ikki daqiqa qolganda bahsli gol urildi (yozishlaricha, u erda ofsayd bo'lishi mumkin ekan). Fulk g'azab otiga mindi va hakamni o'ldirib qo'yishiga oz qoldi: U qip yalong'och xolda referini quvib ketdi, biroq hakam kiyinish xonasidagi shkafchalar ustiga chiqib, qutilib qoldi. Darvozabonni qiyinchilik bilan tinchlantirishdi.

"SHeffild" ikkinchi uchrashuvda 2:1 hisobida g'alabaga erishdi va ikkinchi marta sovrinni qo'lga kiritdi.


Fulkdan faqat uning feli tufayli qo'rqishmagan: Bir marta u "SHeffild Uensdey" forvardi Lori Bella ustiga yiqilib, uni ezg'ilab qo'yishiga oz qolgan. "Bu baxtsiz voqea edi. Ikkimiz ham to'pga sakradik va maydonga yiqildik. Biroq uning omadi kelmadi - u tagimda qolib ketdi. Hech qachon o'sha chehrani unutmayman, u xuddi o'likka o'xshardi" - deb eslaydi posbon.


Muxlislar uzoq vaqt davomida darvozabon bilan faxrlanishdi, ammo vazn ortiqchalik qilib qolganida bu muhabbat yakunlandi. Fulk pastdan berilgan zarbalarni katta qiyinchilik bilan qaytara boshladi, 1904 yilda "Beri"dan 7ta to'p o'tkazib yubordi va keyingi har bir bahsda ishqibozlardan haqoratlar eshitdi.


1905 yilda "SHeffild" Fulkning maoshini oshirdi va posbon jamoani tark etdi. O'sha yili "CHelsi" paydo bo'ldi. Hali Roman Abramovich yo'q edi, ammo orzular katta bo'lgan: Klub Fulkga istagan hamma narsasini berdi va "SHeffild"ga 50 funtlik chek yozib berdi. Bekorga emas: "CHelsi" ikkinchi divizionda uchinchi o'rinni egalladi, yangi jamoa 35ta uchrashuvda 28ta gol o'tkazib yubordi, Uilyam tushmagan 6ta bahsda esa 17ta to'p olib chiqildi.

Fulkning ajoyib statistikasi "CHelsi" rahbarlarining ajoyib g'oyasi bilan bog'liq: Rahbariyat darvoza ortiga ikki nafar ozg'in yigitlarni qo'yishdi va ulardan chiqib ketgan to'pni olib kelishni so'rashdi.

Bir yil o'tib Fulk ketganidan so'ng, darvoza ortidagi yigitlarni ham olib tashlashdi. "CHelsi"ga o'yin tezligi pasaygandek ko'rindi. SHunda yordamchilarni qaytarishdi.

Bolboylar shunday paydo bo'lgan va 1920 yildan boshlab ular Angliyaning barcha stadionlarida to'p olib kela boshlashdi.

Fulk yana bir mavsumni "Bredford"da o'tkazdi, ammo darvozada harakat qilish qiyinligini his qildi. U faoliyatini 33 yoshida yakunladi, SHeffildda kattaroq do'kon sotib oldi va 1910 yilda policiya kelmagunicha o'z qovoqxonasida sharobxo'rlik qildi. Sobiq posbondan o'yinga pul tikilgan 45ta to'lov qog'ozini topishdi. U esa bu qog'ozlar o'ziniki emasligini aytdi, biroq ishonishmadi.


Fulkka ommaviy muassasalarni boshqarish taqiqlandi, olti yil o'tib u jigar cirrozidan vafot etdi (42 yoshda).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика