APL bolboylarning o'yinga ta’sirini cheklaydi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2024
Futbolchilar to'plarni o'zlari olishadi.

Angliya Premer-ligasi bolboylarning futbolchilarga to'p oshirib berishini taqiqladi, deb xabar berdi "The Telegraph". O'yinchilarning o'zlari to'plarni maxsus moslamalardan olishadi.

Bolboylarning vazifasi to'plarni erkin moslamaga qaytarishdan iborat bo'ladi. Qolaversa, o'yinlar vaqtida bolboylar moslamalarga yaqin bo'lishi mumkin emasligi belgilanadi.

APL qarori mezbon jamoaga ustunlik bermaslik bilan bog'liq bo'lib, to'pni o'yinchilarga berishda ataylab manipulyaciya qilishlari mumkin. Bungacha bolboy o'yin o'z jamoasi uchun qanday o'tayotganiga qarab buni tez yoki sekin bajarardi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph