So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Bolalar va o'smirlar o'rtasida futbol musobaqalari o'tkaziladi Yangiliklar

Bolalar va o'smirlar o'rtasida futbol musobaqalari o'tkaziladi

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida bolalar, o'smirlar va yoshlar ishtirokida turli musobaqalar tashkil etilib,  mazkur musobaqalarda yosh futbolchilarning faol ishtirok etishi yo'lga qo'yilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10-16 noyabr kunlari Nukus shahrida 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar (13 yosh) o'rtasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati terma jamoalarining musobaqasi ana shulardan biridir. Ayni ko'rinishdagi turnirning 2000 yilda tug'ilgan o'smirlar (17 yosh) o'rtasidagi bahslari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.

SHuningdek, noyabr-dekabr oylarida O'FFning bolalar va o'smirlar o'rtasidagi 4 ta musobaqasi tashkil etiladi.  Bulardan biri, 2006 yilda tug'ilgan (11 yosh) bolalar o'rtasida Oliy liga qoshidagi BO'FMlari birinchiligidir. Bu turnir 2 noyabr kuni Farg'ona shahrida boshlangan bo'lib, 8 noyabr kuniga qadar davom etadi.2009-2010 yillarda tug'ilgan (7-8 yoshli) bolalar o'rtasidagi “Oltin kuz” turniri 6 noyabr kuni Toshkentda start oldi. Ushbu musobaqa 8 noyabrda yakunlanadi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida 9-10 yoshdagi bolalar o'rtasida “Kelajak yulduzlari” hamda 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Respublika musobaqasi bo'lib o'tadi.

Noyabr-dekabr oylarida O'zPFL tomonidan ham bolalar va o'smirlar o'rtasida bir qator turnirlar o'tkaziladi. Ularning 2 tasi Buxoroda bo'lib o'tadi. Bu Oliy liga va Birinchi lina jamoalarining 13-14 hamda 15-16 yoshdagi o'smirlar guruhlari o'rtasidagi Respublika musobaqalarining final bosqichidir. Ayni musobaqaning 17-18 yoshli o'smirlar o'rtasidagi bahslariga dekabr oyida Qarshi shahri mezbonlik qiladi.

Bolalar, o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi ushbu musobaqalarda Terma jamoalar Boshqarmasi selekcionerlari va O'FFning masul xodimlari ishtirok etadi. Ularning asosiy vazifasi, birinchi navbatda musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazishdan iborat.

Bundan tashqari, selekcionerlar mazkur musobaqalarda ishtirok etayotgan iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olib, o'smirlar va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiylariga tavsiya qilib borishadi. Bu orqali terma jamoalar safini yosh, iqtidorli va istedodli futbolchilar bilan to'ldirib borish ham taminlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика