So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  5 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Bolalar futbolini rivojlantirish uchun Evropadan mutaxassislar jalb qilinadi Yangiliklar

Bolalar futbolini rivojlantirish uchun Evropadan mutaxassislar jalb qilinadi

Teglar :  O'FF
Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bu borada birinchi galda bolalar murabbiylarining malakasini, bilim saviyasini oshirish masalasiga alohida ahamiyat qaratilyapti. Futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish va shu yo'l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlashga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Mana shu maqsadda, viloyatlar to'rtta hududga bo'lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinadi.

1-hudud: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro. Markaz – Nukus shahri.

2-hudud: Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo. Markaz – Qarshi shahri.

3-hudud: Andijon, Farg'ona, Namangan. Markaz – Farg'ona shahri.

4-hudud: Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri. Markaz – Toshkent shahri.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi ayni paytda serbiyalik bir qator mutaxassislar bilan muzokaralar olib boryapti. Tez orada muzokaralar yakuniga etib, tegishli shartnomalar imzolanadi.

Xorijdan tashrif buyuradigan mutaxassis, dastlab, 3-hudud hisoblangan vodiyda ish boshlaydi. Boshqa hududlar uchun Evropaning boshqa davlatlaridan ham mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.  

Yurtimizga tashrif buyuradigan mutaxassislar hududlarda bolalar futboli murabbiylari va selekcionerlar bilan ish olib borishadi. Ularga yosh futbolchilarni futbol maktablariga saralab olish, o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazish, istedodli futbolchilarning mahoratini sayqallab borish bo'yicha kerakli maslahalar berib borishadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика