So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Bolalar futboli va sport turizmi orqali davlat xazinasini boyitish mumkinmi? Yangiliklar

Bolalar futboli va sport turizmi orqali davlat xazinasini boyitish mumkinmi?

Teglar :  Bolalar futboli
Bundan bir necha hafta muqaddam, futbol orqali davlat g'aznasiga yaxshigina pul olib kirish mumkinligi haqida maqola yozgan edim.

Futbol orqali davlat byudjetini valyuta bilan to'ldirish mumkinmi?

Meni quvontirgani, bu maqolani juda ko'pchilikni o'ylantirib qo'ygani, hatto-ki, hukumat doirasida qiziqish uyg'otgani bo'ldi. Biz barchamiz, yaniy O'zbekiston fuqarolari jamiyatimizni gullab yashnashi, to'kin hayot kechirishni istaymiz. SHunday ekan, davlatni yuksalishi faqat hukumat azolarining zimmasidagi ish deb qarashimiz kerak emas. Imkon qadar, Siz, biz va yon atrofimizdagi yaqinlarimiz Vatanimiz ravnaqi yo'lida foyda keltirishi mumkin bo'lgan turli xildagi g'oyalar ustida bosh qotirishimiz kerak.

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev, ikkita ish o'rini ochgan tadbirkorni boshimda ko'tarib yurishga tayyorman deb bejizga aytmadilar. Bu kabi chiqishlar bizni, Sizni yanada g'ayrat bilan ishlashga undashi kerak.

SHaxsan men neft sohasini tushunmayman, qurilishdan yiroqman, tibbiyotdan ham. Ammo futbolda amalga oshirsa bo'ladigan va undan unumli foyda ko'rish mumkin bo'lgan holatlarga to'xtalib o'ta olaman. Agar karmonimda etarli mablag' bo'lganida bu ishni maqola sifatida yozmasdan, bugundanoq shu ishga bel bog'lardim. Ammo hozircha bunday imkoniyatga ega emasman, balki mening maqolam shunday imkoniyatga ega biron-bir investorga qiziq bo'lar?



So'nggi uch yil ichida bolalar futboliga yaqin yurib ko'p narsalarni guvohi bo'ldim. Agar Siz biron-bir musobaqangizni chiroyli qilib o'tkazsangiz, yosh futbolchilar, murabbiy va ota-ona etiborini qozonsangiz marra sizniki, qaerda musobaqa qilmang, ular sizning turnirlaringizda ishtirok etadilar.

Sekin asta bizning turnirlar katta yutuqlarga erisha boshladi. Turnirlarimizda ishtirok etish uchun navbatlar paydo bo'ldi. Endigi rejamiz, xorij klublarini O'zbekistonga tashrif buyurishini taminlash. Bu oson emas, lekin istak bo'lsa bo'lgani, amalga oshirsa bo'ladigan ish. Aynan mana shu yo'l orqali mamlakatga qo'shimcha valyuta kirib kelishini taminlay boshlaymiz. Biz xorijdan keladigan turnirlardan manfaat ko'rmaymiz. Bizning daromad, turnirlarimizni yuqori saviyada o'tkaza olsak, homiylardan tushadigan mablag' asosiga quriladi. Xorij jamoasining O'zbekistonga keladigan valyutasi esa mamlakatda qoladi. Avvalo ular kamida 1 hafta muddatga mehmonxonalarni band etadilar. Undan tashqari ishtirokchilar, musobaqada ishtirok etishi davomida shahar aylanishi, ko'ngil ochar joylarga borish orqali o'zlari bilan olib kelingan valyutani bizning banklarda tashlab ketadilar. Bizning turnirlarimizda xorijning qaysi mamlakatidan jamoa qatnashishi muhim emas, u balki Qozog'istondan bo'lar, balki Rossiya, uzoq sharqdan. Farqi yo'q, muhimi davlatga foydamiz tegsa.

Yaqinda Germaniyaning Bonn shahrida "Kom Mit" kopmaniyasining rahbari bilan uchrashib, "CA" tomonidan o'tkazilayotgan musobaqalarda ularning mijozlarini jalb qilish to'g'risidagi taklifni berdim va O'zbekistonda bolalar sportiga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdim. Ularga maqul keldi. Ishlashga rozi, ammo...

Ammosi shundaki, Evropaning biron jamoasini O'zbekistonga borib biron turnirda ishtirok etishi uchun o'rtacha 800/900 evro miqdorida pul ketishi. Bular viza, yo'l kira xarajatlari. Bu pulga Evropa jamoalari Evropa Ittifoqiga azo davlatlar ichida bir necha musobaqalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar. SHuning uchun hozircha O'zbekistonga borib musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirmaydilar. Lekin, ikki-uch yillik kuzatish davomida ularni O'zbekistonga yo'naltirish mumkinligini aytildi. Hechdan ko'ra kech. 2021 yilning yanvar oyidan 36ta davlat fuqarolari uchun O'zbekistonga kirish vizasi bekor qilinadi. Aynan shu davrga qadar bizning turnirlarimiz yanada jiddiylashishi va sifatli ko'rinish olishi lozim bo'ladi.

Evropaning grand klublarini jalb etish uchun, ularning barcha xarajatlarini Siz ko'tarishingiz kerak bo'ladi. Bu Evropaning grand jamoalariga tegishli. Lekin Evropa Ittifoqiga azo mamlakatlarda bo'lgan futbol tizimini biz qo'shnilarimiz va MDH mamlakatlari o'rtasida qo'llasak bo'ladi.

Yaqinda Sergey Arutyunov xotirasiga bag'ishlangan turnirga Rossiyaning "Ural" va Qozog'istonning "Qayrat" jamoalari tashrif buyurdilar. Musobaqa yuqori saviyada o'tdi. Jamoalar keyingi musobaqalarga ham chaqiruv olishsa xursand bo'lishlarini aytib o'tishdi. Demak, bizda MDH mamlakatlaridagi futbol jamoalarini yurtimizga olib kelish imkoniyati mavjud. Bizga farqi nima, jamoa Germaniyaniki bo'ladimi yoki Rossiyaniki? 9-14 yoshgacha deyarli hammaning saviyasi bir xil bo'lsa, mamlakatga valyuta kirgani qoladi.


O'zbekistonda uch jamoa, "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" bazan "Spartak" xorijdagi musobaqalarda qatnashib tajribalarini oshirib qaytadilar. O'zbekistonda yana qancha jamoa bor, ular biron marotaba xorijga chiqmaydi. Ularda xorijga chiqish imkoniyati yo'q ekan, demak, xorij jamoalarini O'zbekistonga olib kelish kerak. SHunda chekka-chekka vilotyalardan ham mahalliy jamoalar o'sha xorijlikka qarshi maydonga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ikki tamonlama foydali loyihaning uchinchi foydasi ham bor. O'zbekistonga skautlar kela boshlaydi. Bizning futbolchilarimiz nima uchun kam xaridorgir, chunki hududda skaut yo'q. Evropaning barcha jamoalari dunyoni bo'lib olishgan. Xatto-ki, Hindistonda ularning skautlari bor, Malayziyadagi musobaqalarda skautlar yuradi. Tailandgacha etib bordi ular. Nima uchun? Sababi u erlarda xorijiy va mahalliy jamoalar o'rtasidagi musobaqalar yil davomida o'tkazib kelinadi.

O'zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, xalqaro musobaqalarni ko'paytirgan holda, avvalo davlat byudjetiga foyda keltirishimiz, keyin bizdagi istedod egasini chet elga chiqib ketishini taminlashimiz mumkin. CHet elga chiqib ketgan futbolchi faoliyatini tugatguniga qadar bir necha millionlarni O'zbekistonga yuborishi haqida avvalgi maqolamda batafsil to'xtalib o'tganman.

Bundan 10-15 yil muqaddam juda ko'p jamoalar O'zbekistonga kelib musobaqalarda ishtirok etib qaytardilar. Qozog'iston va Rossiyaning birinchi ligasida faoliyat olib borayotgan klublar qishgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini aynan bizda o'tkazardilar. Yuqoridagi investor masalasiga mana endi kelayapman.



Markazda bo'lishi shart emas, chekkaroqda bo'lsa ham 3 yulduzli, ammo bittada 2-3 jamoani o'ziga sig'dira oladigan mehmonxonalarni ko'paytirish kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev hududda turizmni rivojlantirish kerakligini bir necha marotaba takidlab o'tdi. Biz sport turizmini rivojlantirish orqali Prezidentimiz dasturida ishtirok etishimiz kerak. Bu loyihani men qilamanmi yoki boshqasi, bu muhim emas. Muhimi Sport turizmni rivojlantirib, mahalliy sport saviyasini oshirish va mamlakatga valyutani kirib kelishini taminlash.

Turkiyaning Antaliya shahri futbol, regbi va golf jamoalari uchun mashg'ulot maydoniga aylanib bo'lganiga yillar bo'ldi. Bizning jamoalar ham Turkiyaga borib mavsum avvalidagi mashg'ulotlarini o'tkazib qaytadilar. Bugungi ob-havodan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, qishda ham O'zbekistonda yuqori sifatdagi servis xizmatini yaratishimiz mumkin. Bundan 20 yil avval bizda qishda futbol o'ynab bo'lmas edi, lekin so'nggi 10 yillik ob-havo malumotlariga tayanadigan bo'lsak ikkilanmay bu loyihaga start bersak bo'ladi. Futbol maydonlariga ega mehmonxonalarni qurish orqali chet el jamolarini O'zbekistonga olib kelish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Undan tashqari bu bazalardan yil davomida mahalliy jamoalarimiz foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ichki raqobat o'sadi. Yil davomida turli yosh toifalari o'rtasida musobaqalar o'tkazish orqali o'sha mehmonxonalarni bandligini taminlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Antaliya amaliyotidan kelib chiqsak shunga amin bo'lganmiz, u erda qishda mehmonxonalarni klublar band qilsa, yozda sayyohlar.

Men taklif qilayotgan loyiha yo'lida biron-bir investor katta qiziqish bildiradigan bo'lsa, bundan faqat xursand bo'lar edik.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика