So’nggi yangiliklar

21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  15 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  16 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2

Bolalar futboli: “Andijon” “Navro'z Kubogi” g'olibi Yangiliklar

Bolalar futboli: “Andijon” “Navro'z Kubogi” g'olibi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston futbol Associaciyasining suniy qoplamali maydonida O'FA taqvim rejasida belgilangan “Navro'z Kubogi”ning 2004 yilda tug'ilgan o'smirlari o'rtasidagi musobaqasi yakuniga etdi.

15 ta jamoa to'rt guruhda kurash olib borgani, chorak va yarim final bahslaridan keyin 3-o'rin uchun “Navoiy” va “Andijon”, 1-o'rin uchun esa “Iftixor” va “Yangier” yosh futbolchilari maydonga tushishlarini yozgandik. Biroq musobaqa taqvimida o'zgarish yuz berdi. Yarim finalda g'alaba qozongan “Iftixor” jamoasi tarkibida ro'yxatdan o'tmagan futbolchi maydonga tushgani va bu bilan jamoa Reglament tartib-intizom kodeksining 5.11 moddasini buzganligi uchun turnir tashkilotchilari ushbu jamoaning yarim finaldagi o'yin natijasini bekor qildi. Unga ko'ra, yarim finalda mag'lub bo'lgan “Andijon” jamoasiga texnik g'alaba va final yo'llanmasi berildi, “Iftixor” esa chorak final natijasi bilan kifoyalanadigan bo'ldi.

SHu tariqa musobaqaning hal qiluvchi finalida Andijon va Yangier ixtisoslashgan futbol maktablarining yosh futbolchilari o'zaro kuch sinashadigan bo'ldi. Qiziqarli kechgan o'yinda andijonliklar yirik hisobda zafar quchishdi va “Navro'z Kubogi” g'olibi bo'lishdi.

Kichik oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlangan “Andijon”, “Yangier” va “Navoiy” jamoalariga diplomlar va Kuboklar topshirildi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика