"Boka Xuniors" ishtirokidagi o'yinda ro'y bergan tartibsizliklar oqibatida bir muxlis halok bo'ldi
07 okt 2022 14:22
Yangiliklar


"Boka Xuniors" ishtirokidagi o'yinda ro'y bergan tartibsizliklar oqibatida bir muxlis halok bo'ldi
La-Platadagi (Argentina) "Xuan Karmelo Serilo" stadioni yaqinidagi tartibsizliklar vaqtida bir muxlis vafot etdi.
Muxlislar va policiya o'rtasidagi mojaro "Ximnasiya va Esgrima" – "Boka Xuniors" uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan.
"TyC Sports" malumotlariga ko'ra, marhum 57 yoshli Sezar Regeyru bo'lib, u kasalxonaga olib ketilayotganda yurak to'xtashi tufayli vafot etgan.
Stadionga kiraverishda policiya tomonidan muxlislarga rezina o'qlardan o'q uzilgan va ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llangan. SHu tufayli avvaliga o'yin to'xtab qolgan, keyin esa bekor qilingan.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0
16:11
Rasman: O'zbekiston MTJning Qirg'iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlari vaqti malum 17

Fikrlar