So’nggi yangiliklar

01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  7 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  12 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  111 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  9 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  11

BO'FM direktori Muhammadqosim To'xtasinov nafaqaga munosib ravishda kuzatildi Yangiliklar

BO'FM direktori Muhammadqosim To'xtasinov nafaqaga munosib ravishda kuzatildi

Teglar :  AndijonB.O'.F.M
16 mart chorshanba kuni “Andijon” FK tasarrufidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabining majlislar zalida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bo'ston dahasida joylashgan V.B.O'.F.Mdagi yig'ilishdan ko'zlangan maqsad uzoq yillar davomida ushbu dargohga boshchilik qilgan Muhammadqosim To'xtasinovning munosib ravishda nafaqaga kuzatish va uning o'rniga boshqa bir rahbarni tayinlash edi.

 

Tushlikdan so'ng o'tkazilgan yig'ilishni Andijon viloyati hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari SHavkatbek Nishonov olib bordi. SHuningdek yig'ilishda “Andijon” klubi vice-prezidenti Marufjon Abdisolomov, Andijon viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Alisher Uzoqov, “Andijon” klubi ijrochi direktori Sanjarbek Yakubbekov hamda futbol maktabda faoliyat yuritib kelayotgan murabbiy va ishchi xodimlar qatnashdi.

Yig'ilish rahbari SH.Nishonov so'z olib Muhammadqosim To'xtasinovning shu kungacha qilgan samarali mexnatini alohida etirof etib o'tdi. To'xtasinovning Andijon futboli uchun qilgan mazmunli faoliyati uchun u kishiga minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham tajribasi bilan yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatishi zarurligini takidladi. Futbol maktabiga yangi direktor etib esa Bekzod Karimovni tayinlandi. O'tgan yili Andijon viloyati futbol federaciya birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat yuritib, joriy yildan “Andijon” klubi rahbariyatida ishlab kelayotgan Bekzod Hamidullaevich endilikda ushbu futbol maktabiga rahbarlik qiladi.  


Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabida uzoq yillar davomida mexnat qilgan M.To'xtasinovning o'ziga so'z berildi. – Andijon futboli ravnaqi uchun doimo munosib ravishda ishlashga intildim. Bir qancha shogirdlarni kashf etdik. Bugungi kunda birinchi liga klubida faoliyat yuritib kelayotgan Abdurashid Ismoilov, Nozim Mullaoxunov, Fozil Boborahimov singari murabbiylar ilgari kamina boshchilik qilgan futbol maktabida bolalarga ustozlik qilgan. Bugungi kunda ham bir qancha yosh murabbiylar etishib chiqmoqda. O'ylaymanki futbol maktabida ishni to'g'ri yo'lga qo'ya olganmiz. Bugungi kunda o'zbek futbolida barchaga yaxshi tanish bo'lgan SHavkat Mullajonov, Vagiz Galiulin, Bekzod Karimov, Oleg Zoteev, Akbar Xodjaev kabi futbolchilar dastlabki qadamini aynan ushbu maktabda tashlagandi. Bugungi kunda ham ko'plab iqtidorli futbolchilar bo'y ko'rsatmoqda. Umid qilamanki kelgusida ham futbol maktabimiz ortidan faqat iliq fikrlarni eshitamiz. Futbol maktabimizda barcha qulayliklar yaratilgan. Mana shunday mo'jazgina maktabga ega bo'lishimizda davlatimiz rahbari, xususan O'FF prezidentining hissasi beqiyos. Aynan Mirabror Usmonovning rahnamoligida Bo'ston dahasida ushbu futbol maktabi barpo etildi. Buning uchun u kishiga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Nafaqa chiqayotgan bo'lsamda, yangi rahbar Bekzod Karimovga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Bekzod Hamidullaevich mening shogirdim bo'ladi. Uni yoshligidan bilaman. Otasini ham o'qitganman. Iqtidorli yigit. Kelgusida agar bu yigitga maslahatlarim zarur bo'lsa, bajonidil yordam beraman.  


Yig'ilish rahbari “Andijon” klubi vice-prezidenti Abdisolomov Marufjon Jamoldinovichga ham so'z berdi. – Andijonda viloyat hokimi tomonidan futbolga etibor kuchli desam mubolag'a bo'lmaydi. Muhammadqosim aka To'xtasinovga keladigan bo'lsak, u kishining viloyatimiz futbolida tutgan o'rni katta. Muhammadqosim aka uzoq yillar davomida samarali mexnat qildi. Buni u kishi ko'plab shogirdlarni etishtirish orqali isbotladi. Nafaqaga chiqish payti kelgan ekan, To'xtasinovga mazmunli faoliyati uchun tashakkur deyman. Malumki ushbu dargoh “Andijon” FK tasarrufida. SHu bois etiborni yanada oshirmoqchimiz va sharoitlarni yanada yaxshilash borasida ish boshlab yuborilganini aytish lozim. Maqsadimiz nafaqat Bo'stondagi futbol maktabiga etibor qaratish balki viloyatimizdagi barcha futbol maktabi bilan jiddiy ishlash va yosh avlodni tezroq munosib ravishda yuzaga chiqarishdir. Futbol maktabining yangi rahbari etib tayinlangan Bekzodbek Karimov iqtidorli va izlanuvchan yigitdir. Rahbarlik salohiyatiga ega. O'ylaymanki Bekzodbek bilan hamkorlikda ishlab, ko'zlagan maqsadimizga erishamiz. Bu erda barchaning maqsadi viloyat futbolining saviyasini oshirish. Iqtidorli futbolchilarni kashf etish. Umid qilamanki vaqti kelib “Andijon” jamoamiz tarkibida asosan mahalliy va shu bilan birga munosib futbolchilar o'ynaydi.  


Yig'ilish chog'ida futbol maktabining yangi direktori Bekzod Karimovga ham so'z berildi. – Xurmatli yig'ilish qatnashchilari bugun men uchun bir tomondan xursandchilik bo'lsa, ikkinchi tomondan qayg'ulidir. Boisi ustozimizni nafaqaga kuzatmoqdamiz. Muhammadqosim aka qo'li ostida millionlar o'yining ilk sir-asrorlarini o'rganganman. Rahbariyat futbol maktabiga mening nomzodimni munosib ko'rgan ekan bildirilgan ishonchni oqlashga bor kuchim ishlashga tayyorman.


Yig'ilish so'nggida futbol maktabida faoliyat yuritib kelayotgan murabbiylarga ham so'z berildi. Ushbu dargohda yosh futbolchilarga ustozlik qilib kelayotganlardan biri SHamshir Qo'ldashev endilikda sobiq rahbarga aylangan M.To'xtasinov xususida iliq fikrlarini bildirib, u kishining yo'l-yo'riqlari bilan ko'plab futbolchi va murabbiylar etishib chiqqanini etirof etdi. Buning uchun M.To'xtasinovga barcha ishchi xodimlar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

SHu tariqa futbol maktabidagi yig'ilish yakuniga etdi.  

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика