So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Bobur Zuxriddinov: Yutadigan o'yinda mag'lub bo'ldik Yangiliklar

Bobur Zuxriddinov: Yutadigan o'yinda mag'lub bo'ldik

Obod – SHo'rtan uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Bobur Zuxriddinov ishtirok etdi.
-   Bugungi o'yin haqida nima deyishim mumkin: yutadigan o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Himoyadagi xatolar pand berdi. Natijada g'alabani qo'ldan chiqardik.

-   Bugungi o'yinda himoya chizig'ida Abror Xusenov va Akbar Xodjaevlar xizmatidan foydalana olmadik. Natijada himoya chizig'ida o'zgarish bo'ldi. Bu futbolchilar shu paytgacha himoyada birga o'ynashmagan, shu sababli bir-birini tushunib o'ynashda kamchiliklar ko'zga tashlanib qoldi.

-   Bugungi uchrashuvda o'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonning aybi yo'q. Umuman, Hamroev bugungi uchrashuvni ajoyib tarzda o'tkazdi. Dilshod keyingi o'yinlarni ham bugungidek yuqori saviyada o'tkazsa, asosiy tarkibdan joy olishi mumkin. Muborakda Mashalga qarshi kechgan o'yin oldidan darvozabonimiz Davron Jo'raqulov biroz betob bo'lgan ekan. SHu bois u o'yinga to'liq tayyor holda etib kelolmagan. Bu esa bizga pand berdi.

-   Jamoada 11 metrlik jarima zarbalarini asosan Sanjar To'raqulov amalga oshiradi. Muborakdagi o'yinda u birinchi vaziyatdan foydalana olmadi. Ikkinchi bor raqib darvozasiga penalti belgilangan vaziyatda esa Sanjarni almashtirgan edik. Agarda Mashal darvozasiga ikkinchi bor penalti tepishimizni bilganimda To'raqulovni almashtirmagan va unga yana imkon bergan bo'lardim. Futbol shunisi bilan qiziq, bir daqiqadan keyin nima sodir bo'lishini bilmaysan.

Obod FK matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика