So’nggi yangiliklar

06:34ЖЧ-2026 саралаши. БАА – Ўзбекистон 0:0, Орзулар ушалган ўйин  3 02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  16 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  12 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   54 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  11 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  16 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  12 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   41 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  13 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  16 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  44 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41

Bobur Yo'ldoshev: "Yuragim bilan bog'liq muammolar tufayli futbol o'ynash mumkin emas deyishgandi" Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "Yuragim bilan bog'liq muammolar tufayli futbol o'ynash mumkin emas deyishgandi"

"Lokomotiv" klubi himoyachisi Bobur Yo'ldoshev oliy liganing o'tgan turida "Qo'qon-1912" bilan bahsda maydonga tushdi.

Futbolchi 329 kunlik tanaffusdan so'ng nihoyat maydonga tushib, "temiryo'lchilar"ning g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

"O'tgan yil olimpiya terma jamoasi bilan yig'in o'tkazgandik. O'shanda tibbiy ko'rikdan o'tgach shifokorlar mening yuragimda muammo borligini va futbol o'ynashim mumkin emasligini aytishdi. Bu jiddiy edi, aks holda ruxsat berishgan bo'lardi. Bir oyda yaxshi bo'ladi deyishdi. Qayta tibbiy ko'rikdan o'tganimdan keyin ham menga ruxsat berishmadi. SHundan keyin Moskvaga tibbiy ko'rikdan o'tishga bordik. U erdagilar barchasi joyida ekanligini bemalol borib o'ynasang bo'ladi deyishdi. Biroq bu erdagilar baribir 6 oy kutamiz shundan keyin o'ylab ko'ramiz deb javob berishdi.

"Lokomotiv" klubi rahbariyati meni Germaniyaning Myunxen shahriga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yuborishdi. U erda yuragim bilan bog'liq barcha narsalarni tekshirishdi. Tashxis natijalari yaxshi chiqdi. Toshkentga qaytib barcha qog'ozlarni shifokorlarga ko'rsatdim. Faqat shundan keyingina maydonga tushishimga rozi bo'lishdi", - deydi Bobur Yo'ldoshev "Futbol Ekspress" gazetasiga.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика