Bobur Amonov qachon yashil maydonga qaytadi?
08 iyu 2021 14:25
Yangiliklar
Bobur Amonov qachon yashil maydonga qaytadi?
SHu bois u haqda surishtiruvlarimiz natijasi shunisi ko'rsatdiki, 31 yoshli futbolchi jaroxat sabab o'yindan tashqari xolatda qolib ketgan. Yaqinda Boburning o'zi bilan suhbatlashib, xol ahvolini so'raganimizda quyidagilarni malum qildi.
- Ochig'ini aytganda, o'tgan mavsumni jaroxat bilan o'tkazishga majbur bo'ldim. SHuning uchun mavsum yakunlangach, aniqrog'i dekabr oyida operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldim. Oyog'imni 50 foiz tizza poyi yirtilgandi. SHuni butunlay tuzatish maqsadida operaciya qildirdim. Xudoga shukur hozir ancha yaxshiman. Bir oydan buyon o'zim yakka tartibda yugurishni boshladim. Nasib qilsa avgustdan yana katta futbol o'ynashni boshlayman.
- To'g'risi hozir hech bir jamoa bilan amalda shartnomam yo'q. “Buxoro” bilan ham aloqam deyarli yo'q hisobi. Jaroxat olgan futbolchi hech kimga kerak bo'lmay qolarkan. Kecha qanchalik ko'p jamoaga foyda keltirmang, bugun jaroxat olsangiz hamma sizni unitadi. Hech kimdan hafa emasman. Rizqni Alloh berguvchidir – deydi Bobur Amonov.
Fikrlar