So’nggi yangiliklar

18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  3 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  8 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4

Bobir Abduxoliqov: "Ilgari muxlislar asosan poytaxt jamoalari o'yinini TVda tomosha qilishar edi" Yangiliklar

Bobir Abduxoliqov: "Ilgari muxlislar asosan poytaxt jamoalari o'yinini TVda tomosha qilishar edi"

Superliga sekin-asta o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda. Quvonarli jihati shundan iboratki, Superliga doirasida o'tayotgan uchrashuvlarga muxlis-u mutaxassislarning etibori yaxshi tarafga o'zgarib bormoqda.

Buni stadionlarga ishqibozlarning tashrifi ortayotgani, mutaxassislarning chempionat tashkiliy masalalari, o'yinlarning shiddati xususida ijobiy fikrlar bildirayotganida ham ko'rish mumkin.

PFL matbuot xizmati bilan suhbatda Qarshining "Nasaf" jamoasi azosi Bobir Abduxoliqov Superliganing ilk mavsumi unda qanday taassurot qoldirayotgani haqida so'zlab berdi.

- O'tgan yildan etiboran futbolimizda yangi davr boshlandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qanday fikrdasiz?


- O'FA tomonidan olib borilayotgan islohotlarga ijobiy baho beraman. O'ylaymanki, bu hali boshlanishi. Futbolimizda kelgusida ham katta o'zgarishlar ro'y berishini shaxsan kutayapman. Katta o'zgarishlarni birdan yo'lga qo'yish bu – og'ir ish va vaqt talab etadi. Bu borada hamma futbolga oid mutasaddilar bir yoqadan bosh chiqarishi talab etiladi. Avvalo futbol toza bo'lishi kerak.

- CHempionat nomi va o'tkazilish tartibi butkul o'zgardi. Bu borada nima deya olasiz?

- Albatta chempionatimiz nomi Superligaga o'zgargani yaxshi. Bu shuni anglatadiki, chempionatimiz nomiga yarasha maqomga kelishi kerak. Bu borada hali qilinadigan ishlar juda ko'p. Ammo buni uddalasa bo'ladi. Yani rahbarlarimiz bu boradagi talablarini bo'shashtirmasalar maqsadga erishiladi, deb o'ylayman.


- Superliganing ilk mavsumi sizda qanday taassurot qoldirmoqda?


- Bu chempionatimiz o'tgan yilgiga qaraganda qiziqarli o'tayapti deb, ayta olaman. Bunga ko'p misollar keltirishim mumkin. Masalan, futbol uchrashuvlarini tashkil  etish OFK talablari darajasida bo'layapti. CHempionat ishtirokchilariga qo'yilgan talablar ham ko'paydi. Bu ishlarni yana davom ettirsak, ko'p narsaga erishamiz.

- Stadionlarga muxlislar tashrifi ortayotgani sizni futbolchi sifatida quvontiryaptimi? Ishqiboz bilan to'lgan stadionda to'p surish o'zgacha zavq bersa kerak...


- Joriy chempionatda muxlislarning stadionlarga qaytishi kuzatila boshlandi. Muxlislar uchun stadionlarda yaratilayotgan sharoitlar ham ancha yaxshilanmoqda. Har bir uchrashuv imkon qadar TVda translyaciya qilinayapti. Avvallari muxlislar ko'pincha poytaxt jamoalari o'yinini TVda tomosha qilishar edi.  Agar stadionga qancha ko'p muxlis tashrif buyursa, bu futbolchilarga ham zavq beradi. Ularning o'yinga bo'lgan masuliyati ortadi. Yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilishadi. Menimcha, bu borada ham qiladigan ishlar hali ko'p. To'g'ri, bizning futbol hali Evropa darajasiga etmagan. Ammo qilib bo'lmaydigan ishning o'zi yo'q. Harakatdan to'xtamasak, buni ham iloji bor. SHu joyda bir taklifimni aytib o'tmoqchiman. Muxlislarni futbolga yanada qiziqtirish bo'yicha OAVlarining ham o'z o'rni va roli bor. Hurmatli jurnalistlarimiz, futbol ishqibozlarini ko'proq qiziqtirishda jonbozlik ko'rsatalar yaxshi bo'lardi. Bo'sh paytlarim internet nashrlarini o'qib boraman. Afsuski haqiqiy, jonkuyar muxlislar hayoti haqida materiallar kam. Agar shunday muxlislar faoliyati OAVlarida keng yoritilsa, bu ham olib borayotgan islohatlarimizga ijobiy tasirini ko'rsatgan bo'lardi. Ammo chepmpionatda ishtirok etayotgan biz kabi futbolchilarning masuliyati hammanikidan ko'p. Biz futbolchilar, ishqibozlarga yoqadigan o'yin ko'rsatishimiz ko'proq talab etiladi. Buning uchun o'z ustimizda tinmasdan ishlashimiz kerak.

Malumot uchun: Bobir Abduxoliqov bu yilgi chempionatda o'tkazilgan 14 uchrashuvning 11tasida maydonga tushdi va 888 daqiqa harakat qildi. 4 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan futbolchi 2 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi.


“Nasaf” FK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика