So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Bobir Abdixoliqov: "Evropa klublaridan takliflar bor. O'tadigan jamoamning oldiga qo'ygan maqsadiga ko'proq etibor bermoqdaman" Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov: "Evropa klublaridan takliflar bor. O'tadigan jamoamning oldiga qo'ygan maqsadiga ko'proq etibor bermoqdaman"

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga xorij jamoalaridan qiziqishlar bo'layotgani haqida turli xabarlarga har qadamda duch kelmoqdamiz.

Aslida bunday gap so'zlar biroz bo'lsada haqiqatga yaqin. Bir necha kun oldin uning o'zi bilan gaplashganimizda chindan ham takliflar tushayotganini yashirmadi. Yaqinda mana shu voqealarga qisqacha oydinlik kiritish maqsadida Bobir Abdixoliqovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Bobir turli ijtimoiy tarmoqlarda sizga MLS va Ozarbayjon chempionatidan chorlov bo'lgani haqida o'qidik. Rostdan ham shunday bo'lyaptimi?

- Ha, siz aytib o'tgan chempionatlardan takliflar borligi rost. 

- Taklif bildirayotgan jamoalarning asosan qaysi jihatlariga etibor qaratmoqdasiz?

- Maqsadim futbolchi sifatida o'sishga erishish. SHuning uchun birinchi navbatda yuksalishim muhim. Qiziqish bildirayotgan jamoalarning oldiga qo'ygan maqsadiga ko'proq etibor qaratyapman.

- O'sishingiz uchun qaysi chempionat debocha vazifasini o'tab berishi mumkin? Ayrim futbolchilar rus klublari orqali Evropaga yo'l olishni yoki arab jamoalari orqali kuchli chempionatlarga o'tishni maqul ko'rishadi..

- Ilk qadamni Evropa klublaridan boshlashni niyat qilganman. Menga o'sishim uchun xizmat qiladigan chempionatlardan birini tanlashga harakat qilaman.

- Qaysi chempionatga borishingizdan qatiy nazar baribir moslashishga vaqt ketadi, ruhiy tomonlama biroz qiyin bo'ladi. Bunga tayyormisiz?

- Hech bir narsaga osonlikcha erishilmaydi. Qiyinchilik bo'lishi tabiiy. Xudo xohlasa otam va onamning duolari, yaqin insonlarimning ishonchi, muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi menga qo'shimcha dalda bo'la oladi deb o'ylayman. 

- Hozirda "Nasaf"dagi vaziyat qanday? Jamoa o'tgan mavsumda kumush medallariga ega chiqqaniga qaramasdan hali hamon taqdirlangani va rag'batlantirilgani yo'q...

- Biz rahbariyatga ishonamiz. Pandemiya sababli o'tgan mavsum barcha jamoada qiyinchiliklar yuzaga keldi. Klub rahbarlari muammolarni bartaraf etish uchun harakat qilishmoqda.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика