Boateng "Yuventus" klubiga o'tish niyatida
24 apr 2019 20:33
Yangiliklar


Boateng "Yuventus" klubiga o'tish niyatida
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng mavsum yakunlanganidan so'ng boshqa klubga o'tishi mumkin.
30 yoshli futbolchi o'tgan yili yozdan beri "Bavariya"dan ketish harakatiga tushib qolgan. O'shanda unga PSJ klubi qiziqish bildirayotgandi. Ammo, u faqat top jamoada o'ynamoqchi. Germaniyaning ishonchli manbalaridan biri Bild nashri tarkatgan xabarga ko'ra, Boateng faoliyatini A Seriya, LaLiga yoki Liga 1da davom ettira oladi.
Turinning "Yuventus" jamoasi Boateng haqida tegishli malumotlar olgan, deya malumot bermoqda Tuttosport nashri . Voqealar rivojini bizning saytda kuzatib boring.
Eslatib o'tamiz, Jerom Boateng joriy mavsum Bundesliganing 19 o'yinida "Bavariya" libosida maydonga tushib 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi va 1 marotaba hakam tomonidan ogohlantirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar