Boateng Germaniyaga qaytdi
21 iyu 2019 12:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/507734_original.jpg)
![](/upload/storage/507734_220.jpg)
Boateng Germaniyaga qaytdi
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng Amerikadagi yig'inlarni ertaroq yakunladi.
"Bild" xabariga ko'ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi "Real" (3:1) bilan uchrashuvdan keyin klub qarorgohini tark etgan.
Hozircha buning sababi sifatida uning shaxsiy ishlari chiqib qolganligi keltirildi. U 25 iyuldan keyin jamoaning yig'inlariga qaytardi.
Norasmiy malumotlarga qaraganda, u o'zining jamoadan ketishi borasidagi yakuniy muzokaralarni o'tkazgani Germaniyaga ketgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar