So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  2 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  8 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  5 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

"Bizning futbol jahon chempionatiga chiqishga munosib ham emas". Diyor Imomxo'jaev "Bunyodkor", OCHL va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi haqida gapirdi Yangiliklar

"Bizning futbol jahon chempionatiga chiqishga munosib ham emas". Diyor Imomxo'jaev "Bunyodkor", OCHL va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi haqida gapirdi

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev kecha futbol ahliga videomurojaat qildi.

Quyida ushbu videomurojaatda Diyor Imomxo'jaev aytgan gaplarni yozma ravishda taqdim etamiz:


"Assalomu Alaykum, hammaga! Mavzuimiz futbol bo'lgani uchun odatda hammamiz futbol haqida gaplashamiz. Hozir futbol mavzusiga o'tishdan oldin bitta kichik rivoyat aytib bermoqchiman. 

Bitta qishloqda bir ota-onaning farzandlari - oltita aka-uka yashagan ekan: Ermat, SHermat, Eshmat, Toshmat, G'ishmat, Hurmat degan aka-ukalar bo'lgan ekan. Ular hammasi kurashga qiziqqan, doim bir-biri bilan kurashib yurar ekan. Kimdir ko'proq badaniga etibor bergan, kimdir ko'proq eyishiga etibor bergan, kimdir ko'proq kiyimiga etibor bergan, shunday qilib o'zaro kurashlar birinchi-ikkinchi o'rinlarni olib, qo'shni qishloqlarga ham musobaqalashishga borib turishar ekan. Musobaqalashib ham aka-ukalar mavqeyi tushib borar ekan. Oldin boshqa qishloqlarda ham shu olti aka-ukaning hurmati bo'lgan bo'lsa, oxirgi paytlarda hurmati ancha tushib qopti. Keyin aka-ukalardan birining aqli ishlab og'a-inilar, agar hammamiz bir ota-ona farzandi ekanimizni boshqa qishloqdagilar bilib qolsa, bizni musobaqadan chetlatishadi debdi. CHunki musobaqada shunday ekan: aka-ukalar bir-biri bilan kelishmasligi, bir-biriga yordam bermasligi uchun qarindosh-urug'chilik rishtalari bo'lishi kerak emas ekan. 

Xuddi shu narsani o'zimizning futbolga o'girib aytaylik, Ermat, Eshmatlarning o'rniga "Nasaf", "Buxoro", "Neftchi" va boshqa jamoalarimizni qo'yib ko'raylik. OFK shu paytgacha o'ylagan "Bunyodkor"ni "Uztransgaz" moliyalashtiradi, qaysidir jamoani "Ko'kdumaloqgaz" moliyalashtiradi, kimnidir "Gissarneftegaz" moliyalashtiradi, yana kimlarnidir gaz yoki neft sohasidagi boshqalar moliyalashtiradi, men ularga rahmat aytaman. Yani OFK o'ylagan, hammaning o'z homiylari bor, bir qarashda zo'r. Lekin xuddi aka-ukalar kabi bizning klublar musobaqadan qolib ketishni xohlashmagani uchun otasi kimligini aytishga uyalgan bo'lsa kerak. Aslida hammasining otasi, hammasining tepasida turadigan tashkilot bu "Uzbekneftgaz", ularning ham tepasida turadigan, yani bobosi bu davlat. Yani, bizdagi ko'p katta klublarni davlat moliyalashtiradi. Bosh vazir protokoli bilan chiqib hukumatimiz futbol rivoji uchun, millionlab xalqimizning jahon chempionati orzusi ushalishi uchun ko'p-ko'p pullar berishadi. 

Lekin etibor bersak, o'sha aka-ukalarga o'xshab borgan sari Osiyo chempionlar ligasida bizning mavqeimiz tushib boryapti. Esingizda bo'lsa, avvallari 3+1 yo'llanmamiz bo'lardi, to'rtta jamoa qatnashardi. 2+2ga tushdik, 1+2ga tushdik, 1+1ga tushdik, chunki biz OFKni aldab kelganmiz, aslida o'zimizni o'zimiz aldaganmiz. Hammamiz bilamizki, shu klublar tepasida turuvchi homiylar bo'lmasa bugungi natijasiga erishmaydi. Futbol tepasida ishlashni boshlagandan beri ko'ryapmizki, juda ko'p klublar oylik maoshga asosiy pullarni sarflashadi. Boshida qurilgan "Bunyodkor" akademiyasi bilan hozirgi "Bunyodkor" akademiyasi o'rtasida er bilan osmoncha farq bor. Oldingi sharoitlar qanaqa, hozirgi sharoitlar qanaqa? Oldingi ovqatlanish qanaqa, hozirgi ovqatlanish qanaqa? Yotar joy, basseyn ahvoli...Oldin akademiyaga qanday etibor berilgan, bugunga kelib akademiya qay holatga tushgan? Bu narsani qachondir to'xtatishimiz kerak. 

Agar otamizni aytishdan uyalib Osiyo chempionlar ligasidan qolib ketishdan qo'rqadigan bo'lsak, men shu lavozimda ishlab turib aytamanki, yaxshisi Osiyo chempionlar ligasidan qolib keta qolaylik. Muhimi, futbolimiz to'g'ri yo'nalishga tushib olishi uchun. Bu gaplarni aytib nima bo'larkin deb xavotir yoki gap-so'z qo'zg'atish shart emas. CHunki Professional futboli ligasi va O'zbekiston futbol associaciyasi birlashib Osiyo futbol konfederaciyasiga OFKjon, aslida bularning hammasi bitta joydan moliyalashtiriladi. Bizda Prezident qarori chiqdi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamma klublarni o'ziga olishi, bularni kelishilgan o'yinlarga yaqinlashtirish yoki boshqa narsa emas. 2030 yilgacha bular sekin-sekin xususiy bo'lib o'z yukini o'zi tortmasa, bo'ldi davlat shuncha pul berdi, bu o'zini oqlamadi 25 yil davomida, bolalar futbolimiz shu ahvolga kelib qoldi, stadionlarimiz shu ahvolga kelib qoldi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan O'zbekiston futbol associaciyasi birlashib, bu pullarni sekin-asta bolalar futboliga, akademiyalarga, stadionlarga, projektorlarga, maysalarga, maysalarni o'radigan mashinalarga sarflab infrastrukturani yaxshilab, futbolchilar sekin-sekin o'z aravasini tortadigan holatga olib kelish niyatida deb tushuntirsa, menimcha OFK ham tushunishi kerak. Agar OFK tushunmasa, demak biz aslida noto'g'ri yo'ldamiz, demak biz o'zimizni o'zimiz aldashni to'xtatishimiz kerak bo'ladi, shunda menimcha hammasi iziga tushishi kerak. CHunki yana bir marta qaytaraman, OFK tomonidan limit bizga berilishi bo'yicha yoki klublarimiz rivojlanishi tendenciyasi bo'yicha oldinga ketayotganimiz yo'q. Klublarimiz allaqachon guruhdan chiqishni orzu deb bilishadi, allaqachon yarim finallarga borishimiz yo'q bo'lib ketgan, guruhdan chiqish oxirgi marta qachon bo'lganini eslash ham qiyin ahvolga keldik. To'g'ri, hozir "Paxtakor" guruhdan chiqib uzoqroqqa boradigan bo'lsa, kvotamiz oshishi mumkin, lekin nega faqat "Paxtakor"ga qarab o'tirishimiz kerak? Nega davlat berayotgan pulni infrastrukturaga, farzandlarimizga, yoshlarga, bolalarga tiksak xalq indamaydi, chunki ularning ham bolalari o'ynaydi, yani kelajakka investiciya. Nega endi o'zini o'zi boqa olmaydigan, besh mingta muxlis yig'a olmaydigan klublar shu yo'nalishda davom etishi kerak degan savolni menimcha har birimiz o'zimizga berishimiz kerak. Xalqaro maydondan chetda qolib ketamiz deb qo'rqish kerak emas, agar noto'g'ri yo'l bilan xalqaro maydonda nimanidir qoyillatayotgan bo'lsak ham mayli edi. Uni ham, buni ham qilolmayapsizmi, kelinglar hammasini boshidan boshlab futbolni qaytadan oyoqqa turg'azishni o'ylagan maqul. 

SHuning uchun kim har xil gaplarni chiqarayotgan, kim o'z manfaatini klub manfaatidan ustun qo'yayotgan bo'lsa, oramizda shunday insonlarga joy bo'lmasligi kerak. Men bir narsaga juda ishonaman, hammamiz o'z cho'ntagimizdan biror narsaga pul tikadigan bo'lsak, tiyin-tiyinigacha tekshirib olamiz. Endi davlat puli qaerda bo'ladigan bo'lsa, o'sha pulga ega chiqmoqchi bo'lgan odamlar ham albatta bo'ladi. Va bunday odamlar futbolimizda juda ham ko'p. O'shalarga qarshi kurashish kerak bo'lsa, keling bir yoqadan bosh chiqaraylik. Boyagi rivoyatga qaytadigan bo'lsak, o'zining ota-onasi kimligini aytishdan uyaladigan aka-ukalarga ergashishimiz kerak emas. Davlat boqyapti klublarimizni. 

Men klublarga homiylik qilayotgan "Neftegaz" rahbarlariga rahmat aytaman, lekin modomiki pulni davlat beryaptimi, demak shu pullarni nazorat qilish ham kerak. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sahnaga kelishi aslida mana shundan. Pul nimaga ketyapti, qancha ishlatilyapti, nimalar qilinyapti, buning orqasida kimlar turibdi kabi katta-katta masalalarni ochishimiz kerak. Agar o'zbek futbolida ham Turkiya, Italiyaga o'xshab katta inqilob qilish vaqti, kimlarnidir qamash, kimlarnidir qilgan ishi uchun javob berish vaqti keldi deb hisoblasak, menimcha to'g'riroq bo'ladi. Bu narsadan qo'rqishimiz kerak emas, chunki kimning boshi devorga borib urilmaguncha, kimdir hamrom eyishdan tiyilmaguncha, bu pullar korrupciya bo'lib ketaversa, hech qachon barakamiz bo'lmaydi. 

Men barakasi yo'q joyda terma jamoa jahon chempionatiga chiqa olmasa, hech qachon sochimni yulgan bola emasman, chunki o'zbek bo'lib turib, o'zbek o'g'loni, mana shu Vatan farzandi sifatida aytamanki, bizning futbol jahon chempionatiga chiqishga munosib ham emas. Hukumat shuni tozalamoqchi, to'g'ri bo'lsin demoqchi, shuncha pul osmonga uchdi, endi bolalarga beraylik, sekin-sekin klublar o'z yukini tortsin, shu yo'nalish bo'lsa biz ularni qo'llab-quvvatlaylik, bazi bir odamlar gapiga kirib, qandaydir provakaciyaga uchib boshqa joyga ketib qolishimiz shart emas", - deydi Diyor Imomxo'jaev. 


Quyida ushbu videoni tomosha qilish mumkin. 



Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика