So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Bizga bugun Xavi ham to'sqinlik qila olmasdi" - 2018 yil "Nasaf" Qarshida "Al Sadd"ni qanday mag'lub etgandi? Yangiliklar

"Bizga bugun Xavi ham to'sqinlik qila olmasdi" - 2018 yil "Nasaf" Qarshida "Al Sadd"ni qanday mag'lub etgandi?

Bir-biriga begona bo'lmagan jamoalar OCHL doirasida yana to'qnash keladi.

"Al Sadd"ning Qarshiga kelishi bundan 5 yil oldingi yoqimli onlarni yodga solgani aniq. 2018 yil "Nasaf" tarixida yangilanish, avlodlar almashinuvi ro'y berayotgan vaqtlar, jamoa esa OCHLda ishtirok etardi. Raqib tarkibida "Barselona" afsonasi Xavi bor "Al Sadd" edi. Buni qarangki, Xavi qandaydir sabablarga ko'ra Qarshiga kelmadi. O'sha kuni Ro'ziqul Berdiev ham CHeranning xizmatidan foydalana olmagan. 

O'yinda katta ustunlikka ega bo'lgan Qatar klubi bir qancha xavfli vaziyatlardan foydalana olmagan, Quvvatov to'p yo'liga qalqon bo'lgandi. 61-daqiqada "Al Sadd" himoyachisi jarima maydonchasi ichida Bobir Abdixoliqovni yiqitadi. Vaziyatga yaqin turgan hakam ikkilanmasdan 11 metlik nuqtaga ishora qiladi. Aziz G'aniev esa zarbani aniq ijro etib yakunda g'alaba keltirgandi, deya olamiz. Penaltidan tashqari Bobir Abdixoliqov 77-daqiqada juda qulay imkoniyatdan foydalana olmagan. Hujumchi birga-birga bir vaziyatda to'pni darvozabonning o'ziga tepgan. 

Qolaversa, Qarshidagi "Markaziy" stadionga o'yinni tomosha qilish uchun 20 507 nafar muxlis tashrif buyurgan. Malumot uchun, stadionning sig'imi 21 000 kishiga mo'ljallangan. 


Uchrashuvdan so'ng Aziz G'aniev uchrashuv haqida shunday degandi:"O'yinga Xavi keladi deyishgandi. SHu bois ko'plab muxlislar kelishgan bo'lsa kerak. Bizga bugun Xavimi boshqasimi xalal bera olmasdi"

2018 yil OCHL guruh bosqichida Qarshiga kelgan jamoalarga oson bo'lmagan. Ular hattoki gol ham urishni uddasidan chiqa olmagandi. 


"Nasaf" - "Al Vasl" 1:0
Gol
: Igor Golban

"Nasaf" - "Al Sadd" 1:0
Gol
: Aziz G'aniev

"Nasaf" - "Persipolis" 0:0

SHunga qaramay "ajdarlar" 10 ochko bilan ham guruhdan qolib ketgan. 

OCHL-2018
"S" guruhi, 3-tur
"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Sadd" (Qatar) 1:0
05.03.2018. "Markaziy" stadion
Gol:
Azizjon G'aniev 62 penalti, - 1:0.
Hakamlar: Iida Jumpei (Yaponiya), Ochi SHinji (Yaponiya), Karakami Satoshi (Yaponiya), Alibek Sapaev (Turkmaniston)
Nazoratchi: Husayn Milajerdi Askari (Eron)
Komissar: Li Sang Von (Janubiy Koreya)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov - 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Aziz G'aniev - 77.Jasur Hasanov (14.SHarof Muhitdinov, 87), 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 90), 20.Islom Kenjaboev (4.Maqsud Karimov, 79) - 10.Bobir Abdixoliqov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Sanjar Rashidov, 30.Xudoyorxon Sadullaev.

"Al Sadd": 1. Saad Alshii - 2.Pedro Korrea, 3.Yosir Isa (8.Ali Asad, 71), 12.Hamid Ismoil Halifa, 14.Abdulkarim Hassan, 37.Ahmed Suhail - 16.Bualem Kuxi (10.Hassan Al Haydos, 60), 20.Salim Ali Al Hajri, 96. Akram Afif, 5.Jugurta Hamron (17.Hasan Ahmad, 82), 11.Bag'dod Bunedja.
Zaxira: 4.Sayyar, 7.Musaab Xidir, 22.Mishal Barsham, 99.Ali Fereydun.  

Ogohlantirishlar: Ahmed (19), Rahmatov (21),


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика