So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Biz UEFAga o'ta olamizmi? Yangiliklar

Biz UEFAga o'ta olamizmi?

Bu savolga Qatar futbol federaciyada faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbaev javob qaytardi.


"Men O'FA UEFA azosi bo'lishini xohlayman. Lekin birinchi navbatda vaziyatga real qarashimiz kerak. 

Ruslar nega o'tyapti? CHunki Rossiya hududining yarmidan ko'pi Osiyo qitasida. Qozog'iston esa 14 foiz hududi Evropaga qaragani uchun UEFAga qabul qilingan. Avstraliyaning holati esa sal boshqacharoq. Ular okeaniya mintaqasida boshqalardan 2 kalla ustun bo'lib, futbolni rivojlantirish bahonasi bilan OFKga qo'shilgan. 

Biz shu narsani sabab sifatida ko'rsata olamizmi? Biz Erondan kuchlimizmi? Yoki Koreya va Yaponiyadan o'tib ketdikmi? Yo'q, ular mundialda muntazam ravishda qatnashyapti. Biz esa OFKdagi potencialimizni to'liq ko'rsata olganimiz yo'q. 

To'g'ri, arablar yoki sharqdagi mamlakatlarning iqtisodiyoti juda kuchli. Lekin yonimizdagi Eronni olaylik. Forslarning iqtisodi unchalik kuchli emas, ular doim siyosiy bosim ostida o'ynashadi. SHunga qaramay, eronlik futbolchilar har yili Evropaning kuchli chempionatlariga yo'l olishmoqda, terma jamoa doimiy ravishda jahon chempionatida ishtirok etyapti. Ular UEFAga o'tib ketish haqida o'ylamayaptiku.

Aytmoqchimanki, biz OFKdagi salohiyatimizni to'laligicha ko'rsatganimiz yo'q. SHuning uchun UEFAning eshigiga borsak, nima asos bilan kelganimizni tushuntira olmaymiz. Bunga qanaqadir qonuniy echim ko'rmayapman", — deydi taniqli funkcioner.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика